OFK kubogi-2021. Rustam Xodjaev: "Tezkor gol futbolchilarimni ruhan sindirdi"
18 may 2021 11:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/637858_original.jpg)
![](/upload/storage/637858_220.jpg)
OFK kubogi-2021. Rustam Xodjaev: "Tezkor gol futbolchilarimni ruhan sindirdi"
"O'yin haqida nima ham derdim. Yigitlarga harakat qilishgani, intilishgani uchun rahmat aytaman. Raqib "Nasaf" kuchli jamoa edi. Bu o'yinda ham bilindi. Ular o'z o'yinini ko'rsatishni uddasidan chiqa oldi. O'ylagan rejalarimiz amalga oshmay qoldi. Boz ustiga tezkor gol futbolchilarni ruhan sindirdi, deya olaman. Hayot davom etadi. Futbolchilarim ham salbiy fikr bildira olmayman. Aytganimdek "Nasaf" bizdan kuchli ekanligi sezildi.
Oldinda yana bitta o'yin qoldi. Ichki chempionatimizda munosib ishtirok etishga harakat qilamiz. "Istiqlol"ga raqobat tug'dirishga urinib ko'ramiz.
Raqib ikki uchrashuvda ham yaxshi o'yin namoyish qildi. Qanotlardan qanotlarga tez o'tdi. Biz buni bilgandik. Futbolchilarga bergan ko'rsatma va talablarimizni bajarishga harakat qilishdi. Ammo o'xshamadi",- deydi Rustam Xodjaev.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar