So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  3 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  4 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Rustam Umarov: "O'zbekistonda futzalni unutib qo'yishgani achinarli holat" Yangiliklar

Rustam Umarov: "O'zbekistonda futzalni unutib qo'yishgani achinarli holat"

1-12 avgust kunlari Indoneziya mamlakatida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekistonning amaldagi chempioni AGMK futzal klubi ham ishtirok etadi. 18 may kuni ushbu musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Quraga ko'ra AGMK "D" guruhida "Mes Sungun Varzagxan" (Eron), "Bank Beyrut" (Livan) va "Sipar" (Tojikiston) klublari bilan o'ynaydigan bo'ldi.

Osiyo chempionatidagi raqiblar haqida O'zbekiston terma jamoasi va AGMK klubi posboni Rustam Umarovning fikrlari bilan qiziqdik:

- Rustam aka, guruhdagi raqiblar haqida nima deya olasiz?
- Barchamiz Eron terma jamoasining kuchini bilamiz. Futzal Eronda qanday darajda ekanini ko'pchilik biladi. Agar o'tgan yil "Mes Sungun Varzagxan" klubi Eronda chempion bo'lgan bo'lsa demak juda kuchli hisoblanadi. Klub tarkibiga etibor qilsak Hussayin Toyibi, Alirizo Samimi kabi futzalchilarni ko'rishimiz mumkin.

"Bank Beyrut" bir necha yillardan buyon o'zbek klublari bilan bir guruhdan o'rin oladi. Eng qizig'i ushbu jamoani hech qachon yuta olmaganmiz. Tarkibidan ko'plab futzalchilar Livan terma jamoasi sharafini himoya qilishadi. Ularning ko'pchiligi bilan juda yaxshi tanishman.

So'nggi yillarda Tojikiston va Qirg'izistonda futzal chempionatlari rivojlanib bormoqda. "Sipar" klubi biz uchun sirli hisoblanadi. Osiyo chempionatida oson bo'lmagan guruh bizga tushdi deya olaman.


- AGMK bu yil guruhdan chiqa oladimi?

- Tarkibimiz yomon emas. Menimcha Osiyo chempionatiga yaqin yanada kuchayib olsak kerak. Barchasi bizga bog'liq. Bu futzal, to'p yumaloq. Agar kayfiyat bilan o'ynasak barcha bilan o'ynash mumkin. Ha, guruhimiz og'ir buni inkor qilmayman. Ammo ko'p narsa o'zimizga bog'liq.  

- Bu yildan futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati yangi formatda o'tkazilmoqda. Bunga munosabatingiz?

- Juda qiziqarli tizim. Bu biz uchun yangilik bo'ldi. Har bir shahardagi muxlislar futzalni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Biroq afsuski raqobat kamligi odamni xafa qiladi. Asosan 4ta klub chempionlik uchun kurashmoqda. Qolgan klublarning maqsadini tushuna olmayapman.

- Muxlislarga aytar gapingiz bormi?

- Yurakni g'ash qilgan jihat haqida gapirmoqchiman. O'zbekiston chempionati davom etmoqda. Ammo hech bir OAV va televidenie futzalni yoritmay qo'ygani afsuslanarli holat. Do'stlarim mendan chempionat bo'layaptimi o'zi deb so'rashmoqda. Ko'chada odamlar futzalni unutib qo'yishgani juda achinarli.  


Narzullla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика