So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  1 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Rustam Umarov: "Olmaliq" Osiyo chempionatida medallar uchun kurasha oladi" Yangiliklar

Rustam Umarov: "Olmaliq" Osiyo chempionatida medallar uchun kurasha oladi"

O'tgan hafta futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etdi.

CHempionat finalida "Olmaliq" klubi "Ardus" bilan uchta o'yin o'tkazib umumiy 2:1 hisobida raqibdan ustun kelib ketma-ket ikkinchi bor mamlakat chempioni bo'ldi. Biz yakuniga etgan O'zbekiston chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb topilgan Rustam Umarovdan mavsum yakunlari borasida intervyu oldik.



O'zbekiston kubogi finallaridagi mag'lubiyat haqida
Kubok yarim finalida "Kogon" bilan qiyin o'yinlar o'tkazib ancha charchab qolgandik. SHu bois final uchrashuvlarida "Ardus"ga imkoniyatni boy berib qo'ydik. O'sha bahsda Nikolay Kravchenko o'zini yaxshi his qildi va bir qator zarbalarni qaytardi. Kubok finalida bir nechta asosiy futbolchimiz tiklanishga ulgurishmadi.

CHempionat finallari haqida
O'zbekiston chempionatining birinchi kungi finaliga yigitlar tayyor holda tushishmadi. Jarohat olgan futbolchilar to'liq kuch bilan o'ynashmadi. Maqsud Fayzullaev jarohati tufayli kubokda umuman o'ynamadi. Javlon Anorov va Jamoliddin SHaripovning beli og'riyotgandi. SHu tariqa birinchi bahsda raqibga yirik hisobda yutqazdik.

O'tgan yilgi scenariy yana takrorlandi. O'shanda kubokda yutqazib qo'ygandik, ketidan chempionatning birinchi finalida ham mag'lub bo'lgandik. Murabbiy va futbolchilar bilan yig'ilib chempionatni bor kuchimiz bilan tugatishga so'z berdik.



Ikkinchi o'yindan oldin klubga terma jamoa massajchisi Rasulov Dayanov kelib qo'shildi. U sovuq vanna va turli yo'llar bilan ikkinchi bahsga tiklanishimizga yordam berdi. Ikkinchi o'yinga anchayin tetik bo'lib tushdik va 5:3 hisobida zafar quchdik. Yana sovuq vanna takrorlandi. Umumiy hisob 1:1 bo'lgach oxirgi hal qiluvchi o'yinga xuddi Jahon chempionati finalidek tushdik.

Raqib darvozasi oldida sodir etgan deyarli barcha vaziyatlarni golga aylantira oldik, himoyada ham yaxshi o'ynadik. Yakunda "Ardus"ni mag'lub etib ketma-ket ikkinchi yil O'zbekiston chempioni bo'ldik.  O'sha uchrashuvda biz 7 o'yinchi bilan o'ynadik. Zaxirada atiga 2 futbolchi o'tirdi. Istak-intilish va g'alaba qozonish - final uchrashuviga aynan shunday shior bilan tushgandik!



Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati haqida
Osiyo chempionatida bizga og'ir guruh tushdi. Livanda ham, Eronda ham ichki chempionatlar juda kuchli. "Tasisat Daryoi" klubi o'tgan musobaqaning g'olibi hisoblanadi. Ular bu yil ham ushbu sovrinni o'zlarida saqlab qolish maqsadida Tailandga borishadi. Guruhdan chiqadigan ikkinchi jamoa nomi "Al Mayadin" bilan o'zaro bahsda malum bo'ladi.  

Agar guruhdan chiqa olsak "A" guruhidagi "CHonburi Blyuveyv" va "Nagoya Oushens" kabi gigantlarga qarshi o'ynashimiz mumkin. Ikkala klub ham so'nggi yillarda Osiyo chempionati finallariga chiqishgan. CHorak final ham oson o'tmaydi. Lekin hali vaqt bor, raqiblarni o'rganamiz va musobaqaga puxta tayyorgarlik ko'ramiz. Menimcha "Olmaliq" bu jamoalardan aslo kam emas va medallar uchun kurasha oladi!



Keyingi rejalar haqida
Bilasiz Osiyo chempionati 15 iyul kuni start oladi. O'zbekiston kubogi va chempionatidan so'ng "Olmaliq" klubi 10 iyunga qadar tatilga chiqdi. SHundan so'ng jamoa tog'da jismoniy holatni tiklash uchun yig'in o'tkazadi. Keyin musobaqa boshlanguniga qadar zalda taktika bo'yicha mashg'ulot o'tkazamiz.


Tolibjon Qosimov yozib oldi


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика