So’nggi yangiliklar

20:25"Вестерло" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 19:57"Барса" 17 ёшли озарбайжонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 19:28"Алавес" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 19:25Ўзбекистон — Ўмон 0:1 (Матнли трансляция)  108 19:03АПЛ. "Челси" Лондон дербисида ишончли ғалабага эришди  11 18:57"CAFA Nations Cup-2025". Қирғиз Республикаси ва Туркманистон ўзаро дуранг ўйнади  26 18:23"Тоттенхэм" — "Борнмут" ва МЮ — "Бёрнли" ўйинлари учун таркиблар маълум  3 18:19"Ал Наср" — "Ал Батаэҳ". Ғаниев Лига кубоги учун ўйинда асосий таркибда  2 17:52"Ньюкасл" 85+5 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилди?!  10 16:53EЧЛ умумий босқичи тақвими: ўйинлар 16 сентябрдан 28 январгача бўлиб ўтади. "Реал" "Атлетико" билан дербидан 2 кун ўтиб, 30 сентябрь куни "Қайрат" меҳмони бўлади  10 15:2240 ёшли Роналду Португалия терма жамоасига чақирилди. Бруно, Феликс, Витинья, Далот ҳам рўйхатда  2 14:48Катта футболга йўл очувчи мусобақа — УЕФА Ёшлар Лигаси: "Қайрат" илк бор ЕЧЛда қатнашади  3 14:41Расман: Нкунку "Челси"дан "Милан"га ўтди  2 14:12"Байер" 30 миллион евролик трансферни амалга оширмоқда  0 13:31"Бавария" Жексонни 65 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқи билан 15 млн еврога ижарага олади. Мюнхенликлар "Челси" билан келишиб олди  3

Rustam Umarov: "Do'stlik AIN"ni qarshi hujumda o'ynab mag'lub etdik" Yangiliklar

Rustam Umarov: "Do'stlik AIN"ni qarshi hujumda o'ynab mag'lub etdik"

SHu kunlarda Samarqandda futzal bo'yicha XXI milliy chempionat to'rtinchi tur bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Bugun turda dam olish kuni, o'yinlar ertadan yana davom ettiriladi. Bir kunlik tanaffusdan foydalanib, "Ardus" jamoasi darvozaboni Rustam Umarov bilan kichik suhbat uyushtirdik.

- So'nggi ikki yil ichida tur o'yinlari birinchi marta Toshkentdan tashqarida o'tkazilmoqda.
- Oxirgi tur o'yinlari Samarqand shahrida bo'lib o'tmoqda. Ko'plab Toshkent klublari safarga chiqishni sog'inib qolishgandi. Kimlardir uchun dastlabki xizmat safari bo'ldi desam ham bo'ladi.

Bu turda yuqoridagi 3 o'rin uchun shiddatli kurash kechmoqda. "Olmaliq", "Do'stlik AIN" va "Ardus" birinchi o'ringa chiqish uchun kurashmoqda. Ochko uchun faqat bu uch klub kurashmayapti. Har bir jamoa so'nggi soniyaga qadar o'ynamoqda.

- Samarqanddagi arenaning holati qay darajada?
- Biz o'ynayotgan zalni tur boshlanishiga qadar etarli darajada tayyorlay olishmadi. Tushunarsiz sabablarga ko'ra, maydon sirg'anchiq va oyoqda turib bo'lmayapti. Bunday maydonda istalgan futzalchi istalgan paytda kutilmagan xatoga yo'l qo'yishi mumkin. Afsuski, o'yinchilar o'z mahoratlarini to'liq namoyish eta olishmaydi. Biz bunga etibor qaratmagan holda o'ynashga harakat qilayapmiz.

Hozir asosiy maqsadimiz kerakli o'ringa ega bo'lish va barcha masalani pley-off bahslarida hal qilish.

- Turning ikkinchi kunida Qarshining "Do'stlik AIN" jamoasi mag'lub etildi. Ana shu o'yin haqidagi fikringiz?
- Birinchi turda biz "Do'stlik AIN" bilan o'ynagandik. Ularga yutqazib qo'ygandik va "Maksam CHirchiq" hamda "Nafis" bilan o'yinlarda ochkolar yo'qotgandik. Agar shu ikkita durang bo'lmaganida biz birinchi o'rinda bo'lardik.

Bu turga yaxshi tayyorlandik. Standart vaziyatlar ustida ishladik, himoyadan hujumga o'tishni sinovdan o'tkazdik. "Do'stlik AIN" bilan bahsda himoyadan o'ynab qarshi hujumga etibor qildik. Raqib ham hisobni tenglashtirish va oldinga o'tib olish uchun imkoniyatlarga ega bo'ldi. Ammo g'alabali natijani saqlab qoldik.

Oldinda "Kogon" va "Olmaliq" bilan o'yinlar bor. Ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика