So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Rustam Tolibjonov: "Joriy yil bolalar o'rtasida 1000ga yaqin musobaqa va tadbirlar o'tkazish rejalashtirilgan" Yangiliklar

Rustam Tolibjonov: "Joriy yil bolalar o'rtasida 1000ga yaqin musobaqa va tadbirlar o'tkazish rejalashtirilgan"

Mamlakatimizda bolalar va ommaviy futbolni rivojlantirish borasida O'zbekiston Futbol Federaciyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Bolalar futboli murabbiylarini malakasini oshirish uchun xorijdan bir qator mutaxassislar taklif qilinyapti, turli yoshdagi bolalar va o'smirlar o'rtasida musobaqalar tashkil etilmoqda.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi Texnik rivojlantirish boshqarmasi direktori Rustam Tolibjonov bolalar futbolini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va 2018 yildagi rejalar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'tgan yilda bolalar va o'smirlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va futbolni ommalashtirish borasida bir qator musobaqalar tashkil etilib, turli tadbirlar o'tkazildi. Birgina misol keltiradigan bo'lsak, dekabr oyida Toshkent shahridagi har bir tumanda joylashgan maktab va maktabgacha talim muassasalarida hamda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash internatlarida "Kelajak umidlari" deb nomlangan tadbirlar o'tkazildi. Ushbu tadbirlarda O'FF vakillari va mashhur futbolchilar ishtirok etib, kelajagimiz umidlari bo'lgan bolalarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'asi sifatida to'plar va sport formalari, shuningdek, Faxriy yorliqlar topshirildi.

2018 yilda ham butun respublika bo'ylab bolalar va o'smirlar o'rtasida 1000ga yaqin chempionatlar, birinchiliklar, Kubok bellashuvlari, musobaqalar va festivallar o'tkazish rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlarga respublikamizning barcha hududlaridagi 7 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar jalb qilinadi.


Bunday musobaqalarni o'tkazishdan asosiy maqsad, turli yoshdagi terma jamoalar uchun nomzodlarni saralab olishdan iborat bo'lib, bir qator hududiy va O'FF selekcionerlari mazkur tadbirlarni kuzatib borishi rejalashtirilgan. SHuningdek, bunday tadbirlar orqali mamlakatimizdagi o'g'il va qiz bolalarni futbol bilan tizimli ravishda shug'ullanishga jalb qilish ham ko'zda tutilgan.

Bundan tashqari, mazkur musobaqalar hakamlar uchun tajriba maydoni bo'lib xizmat qiladi. Uchrashuvlarni boshqarib borishga jalb qilingan hakamlar faoliyati instruktorlar tomonidan baholab boriladi va yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, hakamlar saviyasini yanada oshirish uchun tegishli ko'rsatmalar beriladi.

Yil davomida o'tkaziladigan musobaqalar uchun butun respublika bo'ylab sport majmualari va maydonlar beg'araz taqdim qilinishi ko'zda tutilgan.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'alari sifatida to'plar, sport liboslari, faxriy yorliqlar taqdim etiladi. SHuningdek, musobaqa g'oliblariga Kuboklar, medallar va qimmatbaho sovg'alar topshirilishi rejalashtirilgan", - deydi O'FF Texnik rivojlantirish boshqarmasi direktori.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика