So’nggi yangiliklar

13:39"Манчестер Сити" 135 млн фунт сарфлаганидан кейин ҳам яна бир футболчи сотиб олмоқчи  0 13:15Элдор Шомуродов жамоасига "Аякс"дан ҳимоячи келди  1 12:51МЮ "Арсенал" ҳимоячиси билан шартнома тузмоқчи  0 12:28ФИФА собиқ рефериси Қирғиз Республикаси футзал ассоциациясининг президентига айланди  0 12:08"Ҳар қандай ҳолатда ҳам Россия клуби таклифини рад этардик". Ҳусановнинг агенти билан катта суҳбат  12 11:50Фарҳод Нишонов: "Якуний таркиб аниқ. Шундай даражага чиқдикки, рақиблар бизни жиддий ўрганмоқда"  3 11:22"Реал" — ўтган мавсумда дунёнинг энг кўп даромад кўрган клуби  12 10:51"Эвертон" янги стадионини эълон қилди  9 10:15Интервью. Шукрон Йўлдошев: "Кўпроқ ўйин амалиётини истадим, "Навбаҳор"га ўтишим кутилганидан тез бўлди"  2 09:40Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   48 09:15"Қизилқум"га украиналик ҳужумчи келмоқда  1 08:45"Андижон" собиқ футболчисини ортга қайтарди  3 08:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Кападзе қўл остидаги илк машғулотини ўтказди  22 07:30"Машъал" бир нечта футболчилар билан хайрлашди  0 03:00Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" 90+2-дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришиб, 4-ўринга кўтарилди ва бошқа натижалар  11

Rustam Qurbanov: "Ommaviy sport yangi g'alabalarga poydevor bo'ladi" Yangiliklar

Rustam Qurbanov: "Ommaviy sport yangi g'alabalarga poydevor bo'ladi"

Teglar :  Rustam Qurbanov
Kuni-kecha O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbanov ishtirokida brifing bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbanov qo'mitaning ommaviy sportni rivojlantirish va bo'lajak olimpiada o'yinlariga tayyorgarlik to'g'risida so'z yuritdi.

"O'zbekiston sportchilari 2016 yil yozida Rio-de-Janeyrodagi olimpiadada 13 ta medal, shulardan 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza mukofotini, paralimpiya o'yinlarida esa 31 ta medal, shulardan 8 tasi oltin, 6 tasi kumush va 17 tasi bronza – qo'lga kiritib, ajoyib natijalarni qayd etishdi. SHu bilan birga sovrinli o'rinlarni egallashda faqatgina boks, dzyudo, og'ir atletika va sport kurashlari bilan cheklanib qolindi. O'z navbatida, gimnastika, trampolin, engil atletika, taekvondo WTF, baydarka va kanoeda eshkak eshish, bir qator boshqa turlarda natijalarimiz bundan-da yuqori bo'lishi uchun ko'p ishlash kerak.

Mavjud imkoniyatlarimizdan to'liq foydalangan holda, xalqaro sport arenalarida mamlakatimiz obro'sini yanada mustahkamlash maqsadida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O'zbekiston sportchilarining 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishi to'g'risida”gi PQ-2821-son qarori ijrosini taminlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Mazkur qaror bilan 47 banddan iborat dastur va 25 banddan iborat kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taminlash yuzasidan Qo'mitaning 2017 yil 10 mart kuni 34-sonli buyrug'i va nazorat rejasi imzolandi. Ushbu masalaga masul sport turlari bo'yicha federaciya va uyushmalar, yirik kompaniya, vazirlik, idoralar rahbarlari Dasturda belgilangan vazifalarni yuqori saviyada amalga oshirishi maqsadida Vazirlar Mahkamasida 2017 yil 26 mart kuni Respublika komissiyasining selektor yig'ilishda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Joriy yil I choragida o'tkazilgan 83 ta xalqaro musobaqada 526 nafar (shundan 173 nafari qizlar) sportchimiz ishtirok etib, 71 ta oltin, 58 ta kumush, 63 ta bronza, jami 192 ta medal qo'lga kiritildi.

Respublika musobaqlariga 960 mln so'm, xalqaro musobaqalarga 3 mld 993 mln so'm jami 4 mld 954 mln so'm byudjet mablag'lari hamda 4 mld 268 mln so'mdan ortiq xomiylar mablag'lari sarflandi.

2017 yil davomida 4 ta asosiy kompleks musobaqalarda O'zbekiston sport delegaciyasining ishtirokini taminlash masalalari  Qo'mitaning asosiy diqqat-etiboridan joy olgan.

8-25 may kunlari Boku shahrida (Ozarbayjon) IV “Islom birdamligi o'yinlari”da 156 nafar (shundan, 108 nafar sportchi);

19-30 avgust kunlari Taypey shahrida (Xitoy) 29 yozgi “Butunjahon Universiada o'yinlari”da 100 nafarga yaqin; 

15-24 sentyabr kunlari Ashxobod shahrida (Turkmaniston)  Yopiq sport inshootlarida Jang sanatlari va V “Osiyo o'yinlari”da  160 nafar.

Jizzax shahrida bo'ladigan “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalariga hozirlik yakuniy bosqichiga kirdi. Musobaqalar sportning 17 turi bo'yicha o'tkaziladi.

Hozirga qadar basketbol (Samarqand shahrida), gandbol (Nukus shahrida), futbol (Qarshi shahrida), boks (Nukus shahrida) va voleybol (Namangan shahrida) bo'yicha saralash bosqichlari ortda qoldi.

SHuningdek Rustam Qurbonov Jizzax shahrida “Barkamol avlod-2017” respublika final bosqichi bo'lib o'tishi, unga ko'rilayotgan tayyorgarlik haqida aytib berdi. Musobaqada sportchi-o'quvchilar jami 186 komplekt medallar uchun kurash olib boradilar.

Musobaqaning final qismi ishtirokchilari 1655 nafarni tashkil etadi va ulardan 901 sportchi, 210 murabbiy, 175 hakam, 100 nafari OAV xodimlari. SHuningdek, anjumanda sport federaciyalari masullari, sog'likni saqlash xodimlari, ichki ishlar xodimlari va sanatkorlar ham ishtirok etishadi.

Bugungi kunda obektlarda qurilish-tamirlash ishlari yakuniga etkazilmoqda, obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Sport musobaqalari o'tadigan inshootlar zamonaviy sport anjomlari, jihozlari va uskunalari bilan taminlandi.

Ishtirokchilar istiqomat qiladigan joylar belgilab qo'yilgan. Jumladan, sizning hamkasblaringiz - OAV xodimlari Jizzax transport va aloqa kolleji yotoqxonasida joylashadi".

“Barkamol avlod-2017” o'yinlari yuksak saviyada o'tishi uchun barcha shart-sharoit yaratilishiga shubha yo'q", - deydi qo'mita raisi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика