So’nggi yangiliklar

12:53Мауро Икарди "Милан"га йўл олиши мумкин  0 12:21Тебас Хаби Алонсони қўллаб-қувватлади: "Реал" қийинчиликлардан чиқишни билади"  1 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўйинлари ўзбек шарҳида, “Барса” ва бошқалар  0 11:24"Галатасарой" Рюдигерни қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Реал"нинг 32 ёшли ҳимоячиси таклифларга очиқ  3 10:45Массимилиано Аллегри А Серияда ой мураббийи деб топилди  0 10:17"Бунёдкор" сардори жамоани тарк этди  3 09:50МЮ сардорига нарх қўйди  2 09:22"Реал Мадрид" Франциядан 20 ёшли футболчини сотиб олмоқчи  4 08:55Аморим "Борнмут"га қарши ўйин олдидан "Манчестер Юнайтед" футболчиларининг жароҳатлари ҳақида гапирди  0 08:28Трансфермаркт Ла лигада энг кўп нархи ошган футболчилар рейтингини тузди  1 08:00Роналду дунёнинг машҳур фильмида рол ўйнайди  10 07:31"Нефтчи"нинг асосий футболчиларидан бирига ОКМК ва "Андижон"дан қизиқиш бор  6 01:50Лэмпард кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 01:24АПЛ топ-клублари "Лейпциг" вингерига қизиқмоқда  0 00:50Давид Сильва Гвардиоланинг ягона камчилигини айтди  3

Rustam Mirsodiqovni tabriklaymiz! Yangiliklar

Rustam Mirsodiqovni tabriklaymiz!

Bugun “Metallurg” futbol klubining sobiq bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov 65-bahorini qarshilamoqda.

Biz ustoz Rustam To'xtamurodovichni yubiley sanasi bilan barcha bekobodlik muxlislar nomidan, klub rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda o'yinchilari nomidan samimiy tabriklaymiz. U kishiga uzoq umr, sihat salomatlik, oilaviy tinchlik xotirjamlik tilaymiz. Hamisha farzandlar va nevaralar kamoli, shodlik va quvonchini ko'rib yurishlarini tilaymiz.

“Metallurg” jamoasi kuchlilar safida birinchi marta Rustam Mirsodiqov rahbarligida eng yaxshi natijasini 2002 yilda qayd etgan bo'lib, jamoa 5-o'rinni egallagandi. Jamoa o'tgan mavsum ana shu muvaffaqiyatini takrorlab, ustozni yana bir bor xursand etganligi tabiiy. Rustam To'xtamurodovich “Metallurg” klubini eng ko'p boshqargan murabbiy sanaladi. U kishining rahbarligida Bekobod shahri jamoasi 11 yil O'zbekiston milliy chempionati, oliy liga bahslarida ishtirok etgan. SHu yillar davomida jamoa R.Mirsodiqov bosh murabbiyligi ostida 310 ta o'yinda maydonga chiqib, 113 ta o'yinda g'alaba nashidasi surgan. 62 uchrashuvda esa “Metallurg” raqiblari bilan durang o'ynagan va 401 ochkoli bo'lgan. Jamoa deyarli kuchli o'ntalikni tark etmagan, bir marta beshinchi, ikki martadan oltinchi, ettinchi va sakkizinchi o'rinlarni egallagan.

O'zbek futboli murabbiyligi sohasida o'ziga xos o'rin tutuvchi Rustam Mirsodiqov “Paxtakor”, MHSK, “Do'stlik” jamoalari bilan O'zbekiston chempioni bo'lgan. Klublardagi muvaffaqiyati bois Rustam Mirsodiqov 1997-98 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 1997 yilgi mavsumda “O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi” sifatida etirof etilgan.

Bugungi kunda farzandlar qurshovi, oila davrasida umrguzaronlik qilayotgan ustoz – Rustam To'xtamurodovichni yana bir bor muborak 65 yoshlari bilan samimiy tabriklaymiz!


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика