So’nggi yangiliklar

16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  4 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

Rustam Mirsodiqov: "SHo'rtan"ga keyingi o'yinlarda muvaffaqiyat yor bo'lishini tilayman" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "SHo'rtan"ga keyingi o'yinlarda muvaffaqiyat yor bo'lishini tilayman"

“SHo'rtan” – “Metallurg” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov ishtirok etdi.
Rustam Mirsodiqov, “Metallurg” FK bosh murabbiyi: - Uchrashuvni ko'rdinglar, ikkala jamoa ham bugun mazmunli, hujumkor futbol namoyish etishdi. Ammo biz omadliroq chiqdik. Standart vaziyatlar ustida ko'p ishlaganligimiz qo'l keldi. O'zi “SHo'rtan”ga qarshi doimo yaxshi natijalar ko'rsatib kelganmiz. SHunaqa bo'ladiku, qaysidir jamoa sizga noqulay, siz esa qaysidir klubga noqulay raqib bo'lasiz.

To'g'risini aytsam bugun “SHo'rtan”ning ikki hujumchi bilan o'ynashini kutgandim va bu taktikaga qarshi ham tayyorgarlik ko'rgandik. Ularning o'yin boshidan bizning jamoa singari bir nafar hujumchi bilan maydonga chiqqanligi bizga qo'l keldi. Bugun juda muhim g'alabani saqlab qolgan yigitlarimizga rahmat aytmoqchiman. Bayram arafasida muxlislarimizga ajoyib tuhfa bo'ldi, deb o'ylayman. “SHo'rtan”ga esa keyingi o'yinlarda muvaffaqiyat yor bo'lishini tilayman, deydi Rustam To'xtamurodovich.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика