So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  2 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  3 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

Rustam Mirsodiqov: “Ramziy terma jamoaga kirganimdan xursandman” Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: “Ramziy terma jamoaga kirganimdan xursandman”

Oliy liganing 25-tur yakunlariga ko'ra, saytimiz xodimlari tomonidan tuzib chiqilgan turning ramziy terma jamoasiga “Metallurg” bosh murabbiyi Mirsodiqov bosh murabbiy etib tayinlandi.
Katta ehtimol bilan Rustam To'xtamurodovichning o'zi bundan bexabar deya u kishining o'zi bilan bog'landik.

- Rustam aka, matbuotni kuzatib borasizmi? Gazeta va internet saytlarida chiqayotgan xabar va yangiliklarga qiziqishingiz qanday?
- To'g'risini aytsam, oxirgi yillarda matbuotni deyarli kuzatmay qo'yganman. Odamni yoshi o'tgan sari qandaydir avvalgidek qiziqish bo'lmay qolarkan. Lekin shogirdlarim o'zimizga aloqador bo'lgan maqolalar chiqsa, aytib turishadi.

- “SA” sayti oliy liganing har bir turidan so'ng ramziy terma jamoa tuzib chiqadi. 25-tur yakunlariga ko'ra, bosh murabbiy sifatida siz qayd etildingiz.
- Ochig'i, bundan ham xabarim yo'q. Lekin xursandman. Mexnatimizni qadrlaganinglar uchun minnatdorman. Yigitlarga aytaman va saytinglarga kirib berishadi. Keyin buni o'zim o'qib chiqaman.

- Sizningcha qaysi hamkasblaringiz bunga loyiq edi?
- “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” murabbiylarini ko'rsatgan bo'lardim. Ayniqsa “temiryo'lchilar” ikki bor hisobda ortda qolayotib, g'alabani o'z tomonlargi og'dirib olishgani etirofga loyiq.

- Boshqaruvingizdagi “Metallurg” safarda durang qayd etdi. Navoiydagi o'yin hususida nima deysiz?
- Uchrashuv shiddatli va murosasiz ruh ostida o'tdi. SHu kuni har ikki jamoaga ham g'alaba kerak edi. Uch ochko bilan qaytishimiz ham hech gap emasdi. Biroq ayrim vaziyatlarda yigitlarga sovuqqonlik etishmadi. Lekin durang ham yomon natija emas. Muhimi yutqazmadik.

- “Qizilqum” sobiq jamoangiz hisoblanadi. Aytingchi siz boshqargan jamoa bilan hozirgisini qanday farqi bor?
- Men bu jamoada 2003 yili ishlagandim. Albatta farqi bor. Tarkib borasida o'zgarishlarni ko'rish mumkin. Men ishlagan paytlarda Vyacheslav Ponomaryov, Marsel Idiatullin, Fayzulla Ahmedov, Odil Isaboev singari tajribali o'yinchilar bo'lgan. SHuningdek bugungi kunda “Metallurg”da o'ynayotgan Mamur Ikromov bilan Saidkomil Akbarov ham shunda “Qizilqum” jamoasida to'p tepgan. Hozir umuman boshqa tarkib. Klub yo'nalishi ham o'zgargan.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика