Rustam Mirsodiqov: "O'zbekiston futbolining darajasi shu"
11 sen 2015 20:08
Yangiliklar
Rustam Mirsodiqov: "O'zbekiston futbolining darajasi shu"
"O'yindan keyin tezda nima ham derdim. Futbolda avvalo omad bo'lishi kerak. Sen gol urmasang, senga gol urishadi. Har bir murabbiy barcha o'yinga g'alaba qozonish uchun jamoasini olib tushadi. Har bir jamoani, murabbiyni o'z taktikasi mavjud. Biz "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda qarshi hujum taktikasi tayanib o'ynagandik. Lekin SHahzod Nurmatovning jarohati bizga pand berdi. Futbolda jamoa g'alaba qozonsa futbolchilarni maqtashadi. Yutqazsa esa murabbiy aybdor bo'ladi. Ha, bugungi o'yin natijasini o'z bo'ynimga olaman. Tarkib tanlashda, o'yinga taktika tanlashda xatoga yo'l qo'ydim. Keyingi o'yinda jamoamiz yaxshiroq o'ynashiga vada beraman. "Dinamo" bilan bo'ladigan uchrashuvda ko'proq darvozaga zarba beramiz. O'yin zerikarli bo'ldi? CHiroyli va tomoshabop o'yin ko'raman desangiz Angliyaga borib futbol ko'rib keling. O'zbekiston futbolining darajasi shu hozirda", - deydi Rustam Mirsodiqov.
Fikrlar