Rustam Mirsodiqov: "Mavsumni kuchli o'ntalikda yakunladik"

Narzulla Saydullayev
26 noya 2017, 08:28
Oliy liganing 30-turidan o'rin olgan “Metallurg” - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Rustam Mirsodiqov o'z fikrlarini bildirdi

- Chempionatning so'nggi turida, o'z uyimizda muxlislarimizni xursand etishni dilimizga tuggandik, buning uddasidan chiqqanimizdan xursandman. Bugun ayrim chiziqlardagi o'yinchilarning faoliyatidan to'liq qoniqish hosil qilmagan bo'lsamda, natija bizni qanoatlantirdi. Mavsumni kuchli o'ntalikda yakunladik. Bu yil nafaqat o'z uyimizda, balki safar uchrashuvlarida ham hujumkor futbol ko'rsatib, muxlislarimizga manzur bo'ldik, deb o'ylayman. Yaqin kunlar ichida mavsum sarhisobini qilamiz, yangi mavsum rejalarini ishlab chiqamiz, deydi Rustam Mirsodiqov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати