Rustam Mirsodiqov: Ko'rsatayotgan o'yinimizdan ko'nglim to'lmayapti
23 may 2014 22:37
Yangiliklar
Rustam Mirsodiqov: Ko'rsatayotgan o'yinimizdan ko'nglim to'lmayapti
“Bunyodkor” – “Metallurg” uchrashuvidan keyingi matbuot ajumanining birinchi qismida bekobodliklar ustozi ishtirok etdi.
- Uchinchi o'yindirki ko'nglim to'lmayapti. Yigitlarimiz o'z imkoniyatlarini yuqori baho berib yuborishdimi yoki “Bunyodkor” salobati bosdimi shogirdlarim qo'rqib o'ynashdi. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz kuchaydi. Bir hujumchi taktikasini ishlab chiqqandik. Birinchidan safarda, ikkinchidan “Bunyodkor”dek kuchli jamoa bilan o'ynayotgandik. Ikkinchi bo'limda oldingi chiziqni kuchaytirdik. Ammo “qaldirg'ochlar” yaxshi himoyalanishdi. Tarkibimizdagi yo'qotishlar ham o'z so'zini aytdi. Mamur Ikromov, SHahzodbek Nurmatov va Aleksandr Kovalyov singari o'yinchilar etishmadi, - deydi Rustam To'xtamurodovich.
Fikrlar