Rustam Mirsodiqov: "Futbolda ko'p narsa omadga bog'liq"
15 may 2015 21:12
Yangiliklar
Rustam Mirsodiqov: "Futbolda ko'p narsa omadga bog'liq"
"O'yin haqida nima deyish mumkin? Uchrashuvdan keyin tezda bellashuv haqida biror fikr bildirishim qiyin. Hammasini o'zinglar ko'rdinglar. Albatta, g'alaba "Nasaf"ga zarur edi. Bahsdan oldin Ro'ziqulga aytdim, ukam OCHLda sizlarga muxlislik qildik. Lekin "Nasaf" bitta gol ura olmadi. Masalan bugun ham ular bitta gol urishganida biz yutqazardik. Futbolda bunaqasi bo'p turadi. Ko'p narsa omadga bog'liq. Masalan "Real" va "Yuventus" o'yinini olaylik. Madridliklar tarkibida mahoratli futbolchilar juda ko'p edi. Lekin o'sha bahsda ularga omad kulib boqmadi va natijada "Yuventus" finalga chiqdi. "Nasaf"da ham mahoratli futbolchilar juda ko'p. Lekin ularga bugun omad kulib boqmadi. OCHLda eng yaxshi o'ynagan jamoa "Nasaf" bo'ladi. Ro'ziqul Berdiev Qarshida juda yaxshi jamoani shakllantirgan. Birdaniga uchta musobaqada kurash olib borish qiyin ish", - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi "Metallurg" bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov.
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar