So’nggi yangiliklar

17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  0 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  1 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  8 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  7 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  4 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   2 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  6 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  10 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  3

Rustam Mirsodiqov: “Bu yilgi chempionatda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q” Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: “Bu yilgi chempionatda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q”

Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov ishtirok etdi:
- Bugungi uchrashuvda “Navbahor”ga g'alaba juda zarur edi. Agarda namanganliklar dastlabki turda imkoniyatni boy berishmaganida boshqa o'yin bo'lishi mumkin edi. “Navbahor” futbolchilari hisob 2:1 bo'lib turgan paytda nima sababdan himoyaga yotib olganliklarini tushunmadim. Agarda maydon egalari hujumga etibor qaratishganida, uchinchi golni ham urishlari mumkin edi deb o'ylayman.

Uchrashuv yozilgan diskni ko'rib chiqib yakuniy xulosaga kelish mumkin. CHunki, hisobni ochganimizdan keyin gol urish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lgandik. Vaziyatdan foydalana olganimizda o'yinni borishi boshqacha tus olardi. Namanganda har qanda jamoaga ham oson bo'lmaydi. Ular faqat g'alabani ko'zlagan holda maydonga tushishadi. SHu sababli bizga ham oson bo'lmasligini yaxshi bilardik.

“Navbahor”ni kuchsiz jamoa deb bo'lmaydi. Umuman olganda bu yilgi chempionatda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Agar “Navbahor” o'ynasa “Lokomotiv”dan ham kuchliroq o'yin ko'rsatishi mumkin. Yani oldingi turdagi va bu turdagi raqib o'rtasida hech qanday tafovut yo'q deb o'ylayman. CHempionatning dastlabki turlarida, u jamoa kuchli, bunisi kuchsiz deb ayta olmayman. Negaki, barcha jamoalar g'alabani ko'zlagan holda maydonga tushadi.

Dastlabki turda qayd etilgan natijalar bu yilgi chempionatni keskin va murosasiz ruhda o'tishiga ishora qildi desak xato bo'lmaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика