So’nggi yangiliklar

14:46Палмер наздида дунёнинг энг яхши футболчиси ким?  2 14:22"Футбол олами". Хайр, "Насаф". Қойил, "Лочин". Ўзбекистон кубогида 4 та гуруҳ ўйинлари тугади  0 14:05Родри Мадрид фахрий медали билан тақдирланди  0 13:38"Челси" Англия терма жамоаси аъзосини кузатмоқда  0 13:11"Барселона" Шенснига ўринбосар қидирмоқда  4 12:43"Бавария" етакчиларидан бири билан шартномани узайтиришга тайёр  0 12:17Рубен Аморим: "Финалга тайёрланишнинг энг яхши усули – "Челси"га қарши ўйнаш"  3 11:42Хёйсен яқин соатларда "Реал"да тиббий кўрикдан ўтади  20 11:1838 ёшли Варди нима учун фаолиятини якунлаш нияти йўқлигини тушунтирди  1 10:51Анчелоттига Бразилия термасида кимлар ёрдам бериши маълум  2 10:20Педри “Барселона“ рекордини ўрнатди  10 09:53“Реал Мадрид“ ярим ҳимояни кучайтириш учун учта футболчи номзодини кўриб чиқмоқда  11 09:22Forbes. Дунёнинг энг сердаромад спортчилар рейтинги тузилди  6 08:54Жозе Моуринью фаолиятини терма жамоада давом эттиришга яқин  5 08:23Ямал Роналду билан тенглашиб олди  22

Rustam Mehmonov: "Gadoev kamida 45 kun maydonga tusha olmaydi" Yangiliklar

Rustam Mehmonov: "Gadoev kamida 45 kun maydonga tusha olmaydi"

Kecha O'zbekiston Kubogining yarim final javob uchrashuvida "Nasaf"ning iqtidorli yarim himoyachisi SHoxruh Gadoev oyog'idan jiddiy jaroxat olib, maydonni sheriklaridan ertaroq tark etishga majbur bo'ldi.
SHundan so'ng, milliy terma jamoamizga nomzod bo'lgan Gadoevni katta extimol bilan bir oy muddatga safdan chiqqani xususida malumotlar tarqaldi.

Bunga aniqlik kiritish maqsadida "Nasaf" klubi shifokori Rustam Mehmonov bilan bog'landik.

- Rustam aka, kecha SHoxruh Gadoev jarohat olib maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi. Aytingchi uning jarohati qay darajada jiddiy?
- Ha, afsuski kechagi o'yinda SHoxruh oyog'idan jiddiy shikastlandi. Jarohat olgan paytidayoq uni shahardagi klinik shifoxonaga olib bordik, va u erda jarohat olgan o'ng oyog'ini rentgen qildirdik. SHundan so'ng malum bo'ldiki, Gadoevning o'ng oyog'idagi, boldirining pastki kichik suyagi singan. SHu bois uni gips qilishga majbur bo'ldik.

- Davolanish jarayoni qancha muddatni o'z ichiga qamrab oladi?
- Endi futbolchimiz kamida 45 kun maydon tashqarisida bo'ladi. 25 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan Kubok finalida ham Gadoevning maydonga tushishi so'roq ostida. Endi bu masala jarohatning qanchalik tez bitishiga bog'liq bo'ladi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика