So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  5 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  3 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

Rustam Ashurmatovning onasi: "Farzandlarimiz bizning faxrimiz!" Yangiliklar

Rustam Ashurmatovning onasi: "Farzandlarimiz bizning faxrimiz!"

Kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiyadan O'zbekistonga qaytib keldi. Yoshlarimizni ota-onalari, yaqinlari, muxlislar va OAVlari kutib oldi.
Fursatdan foydalanib Rustam Ashurmatovning onasidan intervyu oldik.

"Farzandlar kamolini ko'rish, ularning orqasidan raxmatlar eshitish ota-onalar uchun tariflab bo'lmas quvonch. O'g'lim Rustamjonning shunday do'stlari, muxlislari borligidan boshim ko'klarga etdi.

Rustamjon yoshligidan boshqacha mehrli, beg'ubor bo'lib o'sgan. Bog'chada paytlaridanoq ustoz-murabbiylaridan raxmat eshitishni boshlaganman. Dadam nabirasining futbolchi bo'lishini juda xohlaganlari uchun uni olti yoshida futbolga olib borganlar. Tog'asi ham futbolchi bo'lganligi, bu kasbning og'ir taraflarini ko'rib yurganim uchun avvaliga rozi bo'lmagandim. Lekin Rustamjonning o'zi qiyinchiliklardan, mehnatdan qochmadi. SHu sababli ham bugun yuksak natijalarga erishib bizni judayam quvontiryapti.

Ayni dam qora ko'zini kutayotgan har bir onaning kechinmalarini birdek his qilyapman. Yigitlar ozmuncha harakat qilishmadi, Osiyo davlatlari ichidan yarq etib chiqishganining o'zi biz uchun cheksiz g'urur va iftixor bo'ldi. Baxtimizga doim sog'-omon, yurtimizning faxri bo'lib, baxtli zamonlarda o'ynab-kulib yurishsin. Farzandlarimiz bizning faxrimiz!".


Gulshan Sadullaeva yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика