So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  23 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Rustam Ashurmatov: "Meni taklif qilgan murabbiyning klubdan ketishi xavotirlanishimga sabab bo'lmaydi, qishda "Rubin"ga o'taman" Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "Meni taklif qilgan murabbiyning klubdan ketishi xavotirlanishimga sabab bo'lmaydi, qishda "Rubin"ga o'taman"

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov Rossiyaga qarshi uchrashuv va "Rubin"ga o'tishi haqida gapirdi.

Bo'lajak o'yin Rossiya jamoatchiligiga o'zingizni ko'rsatish uchun yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin...

— Ehtimol, shundaydir. Ammo hozir faqat terma jamoamga etibor qarataman va Rossiya haqida o'ylamayman. Bu haqda keyinroq o'ylab ko'rarman.

— Qishda Qozonga ko'chib o'tishingiz rostmi?

— Ha, men Qozonga ko'chib o'taman.

— Sluckiy sizga qo'ng'iroq qildimi?

— Ha, u qo'ng'iroq qildi. Biz bir daqiqadan ortiq gaplashmadik. Ammo u qiziqish bildirayotganini aytdi. Uning istefosi haqidagi xabarni ko'rdim, futbolda shunaqasi bo'lib turadi. Bu haqda klub vakillari bilan gaplashdik, men bilan bog'liq hech qanday o'zgarish bo'lmaydi - "Rubin" safiga qo'shilaman.

— Sizni tarkibda ko'rishni istagan murabbiyni ishdan bo'shatib, boshqa murabbiyni ishga olgan jamoaga borish qo'rqinchli emasmi?

— Yo'q, qo'rqinchli emas, futbolda bunday hodisalar uchrab turadi. Men bunga tayyorman, boshqa murabbiyga ham o'yinimni isbotlayman.

— Jamoaning RPLda ishtirok etmasligi tasir qilmaydimi?

— Hech narsa xalal bermaydi. Kelasi yil boshqacha bo'ladi deb o'ylayman”, - dedi Ashurmatov.

Eslatib o'tamiz, Rossiya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 20 noyabr, yakshanba kuni soat 17:00 da boshlanadi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика