So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  46 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  4 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  8 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  7 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Rustam Ashurmatov: "Marokash tez va kuchli jamoa" Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "Marokash tez va kuchli jamoa"

2-raqamda to'p tepayotgan Rustam Ashurmatovga MTJ tarixidagi eng kuchli himoyachilardan biri bo'lgan Baxtiyor Ashurmatovni yo'lini tilaymiz.
Katta Ashurmatovga havas bo'lsa kerak, bu himoyachimiz ham ikkinchi raqamda maydonga tushayapti.

"Marokash o'yinini o'rganganimiz bizga foyda berdi. 7-raqamda to'p tepgan futbolchini kuchini yaxshi bilar edim. Bu borada uni bir nechta o'yinlarini ko'rib o'rgandik. Lekin shunday bo'lsada 1-2ta vaziyatda o'tib ketdi va bu ancha havfli ko'rinish oldi", - deydi Rustam Ashurmatov.

- Ikkinchi bo'limda o'yinimiz ochilib ketganidan keyin ular ham himoyalanishga majbur bo'ldi...
- Aslida reja ham shunday edi. CHunki ikkinchi bo'limdan boshlab biz ham hujumlarga qo'shila boshladik. Asosiy vazifa esa qarshi hujumdan ushlash edi. O'yinimiz ham qovushdi.

- Keyingi raqib Xorvatiya va bizda guruhda birinchi o'rinni olish imkoniyati ham bor, bunga jamoa tayyormi?
- Xorvatiya birinchi turda Marokash bilan o'ynadi, mening fikrimcha ular afrikaliklarni biroz mensimay tushishdi natijada o'zlariga qiyin bo'ldi. Bizni maqsadimiz ham aslida shu.

- Menimcha Marokash bilan o'yinda aynan shu narsa bizga as qotdi, Marokash mensimagandek ko'rindi?
- Lekin tan olish lozim ular juda kuchli va tez jamoa. Oson gol uramiz deb o'ylagan bo'lishlari mumkin, lekin hayriyat himoyada jiddiy hatolar bo'lmadi.


 Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика