So’nggi yangiliklar

19:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" иродали ғалабага эришди, "Шўртан" йирик ғалабани тантана қилди  2 18:06Францияда ПСЖ стадионининг VIP ложаларига кириш рухсатномасини ноқонуний сотишда гумонланиб, 5 киши қўлга олинди. Рухсатномлар нархи 1500 еврогача етган  1 17:38Суперлига 10-турида ишловчи ҳакамлар эълон қилинди  2 16:50"Реал"да жисмоний тайёргарлик тизимини ўзгартиришмоқчи. Пинтуснинг усуллари зич тақвимга мос эмас деб ҳисобланди ва у Алонсо штабига кирмайди (Marca)   12 15:52“Таклиф устида узоқ ўйланмадим, бу биз учун янги чақирув” – Максим Шацкихдан дастлабки фикрлар  24 15:47Футболда тезлик бўйича жаҳон рекорди янгиланди  4 15:26Эвра Брунунинг кетишига қарши: "У жамоанинг энг муҳим ўйинчиси, усиз МЮ Европа Лигаси финалига чиқмаган бўлар эди. Уни қўйиб юборишса, хато бўлади"   0 14:31“Лочин” парвози: Кубокдаги сенсация ва Полвоновнинг қайтиши  4 14:08Деку: "Барса" Рафинья ва Ямалга боғланиб қолган. Таркибда баланс бор, лекин бизга уларга ўхшаш ўйинчилар керак"  6 13:11"Игорь, футболкангни бер". "Пахтакор" - "Насаф" учрашувидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:05"Наполи" ва де Брюйне шартнома тафсилотларини муҳокама қилишга тайёр, ярим ҳимоячининг оиласи хоҳишлари инобатга олинди   0 12:21Қоидабузарликдан сўнг урилган гол ва ВАРнинг нотўғри аралашувлари. Суперлиганинг 9-тури ҳакамлик таҳлили  3 12:12"Пахтакор" тўртинчи бўлди. "Насаф" охирги бор қачон 6 та гол ўтказган эди?   24 11:53“Трастбанк”дан кичик бизнес эгалари учун 500 млн сўмгача кредит!  2 11:45Драган Черан ҳакамнинг хатолари, кўп гол уролмаётгани ва "Пахтакор"дан кетиши ҳақида гапирди  6

Rustam Ashurmatov: "Bunyodkor"ga kelishdan oldin hujumchi bo'lganman" Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "Bunyodkor"ga kelishdan oldin hujumchi bo'lganman"

Kuni kecha O'zbekiston ichki chempionatiga ham start berildi.

Toshkentning “Bunyodkor” klubi chempionatimizning 1 – turida o'z uyida Farg'onaning “Neftchi” jamoasini qabul qilib (2:0) hisobida g'alaba qozondi. “Qaldirg'ochlar” ushbu g'alabadan so'ng chempionatdagi ilk 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Biz ushbu uchrashuvdan so'ng “Bunyodkor” klubi futbolchisi Rustam Ashurmatovdan intervyu oldik.

- OCHLning guruh bosqichi 1–turida Saudiya Arabistonining “Al Nasr” jamoasi bilan durang o'ynadinglar. O'sha uchrashuvda siz raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdingiz. Haqam esa 11 metrli jarima zarbasi belgilagandi. O'sha vaziyat uchun qanday izoh bera olasiz?

- Ushbu vaziyatni xar kim o'zicha baholaydi. Kimdir penalti yo'q deydi yana kimdir qo'pollik bor deydi. Men o'zim aytadigan bo'lsam raqib futbolchisiga nisbatan xavfli o'yin namoyish etdim. Lekin u erda hujumchining tajribasi ish berdi. O'sha vaziyatda to'p uchun harakat qilgandim, ammo, raqib futbolchisi oyog'ini mening oyog'imga urib yiqildi. Hujumchining o'zi jarima maydonchamiz ichida yiqilishni istadi. Lekin, hakamni ayblamagan bo'lardim. U erda penalti bersa ham, bermasa ham bo'ladigan vaziyat bo'lgandi.


- 2 – turda esa xuddi shu jamoaga kichik hisobda mag'lubiyatga uchradinglar. Ushbu mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Mag'lub bo'lishimizni o'zimiz ham kutmagandik. O'yindan oldin muxbirlar ham, muxlislar ham bizga katta ishonch bildirishgandi. Biz faqat g'alaba uchun maydonga chiqqandik. Murabbiyimizning tatkik sxemasi SHakir Zuagi bilan bog'liq edi. Afsuski, o'yin kuni Zuagi kasal bo'lib qoldi va murabbiyimizning uchrashuvga tayyorlagan rejalari o'zgarib ketdi. Lekin biz xar taraflama tayyorlangandik o'sha kungi o'yinimiz umuman o'xshamadi. Hamma g'alaba qozonish uchun harakat qildi lekin omad “Al Nasr” tarafida bo'ldi.

- SHanba kuni oliy liganing 1–turida Farg'onaning “Neftchi” klubiga qarshi qiyin bo'lgan o'yinda 2:0 hisobida g'alaba qozondinglar. Ushbu o'yinda SHaker Zuagi, Akmal SHorahmedov va Zabihillo O'rinboev ishtirok etishmadi. Ushbu futbolchilarning o'rni maydonda yo'qligi qanchalik bilindi.

- SHaker Zuagi va Zabihillo O'rinboev biroz betobligi tufayli qaydnomaga kiritilmadi. Akmal aka SHorahmedovda kichik jarohat bor edi, lekin, murabbiyimiz ularni zaxirada qoldirdi. Bu futbolchilarning maydonda yo'qligi albatta bilinadi. Zuagining o'rniga Javlon Ibrohimov, Akmal SHorahmedov o'rniga Dilshod Ahmadaliev tushirildi. Bu futbolchilar ularning o'rnini unchalik bildirishmadi.

- OCHLning keyingi uchrashuvlariga qay darajada tayyorgarlik ko'ryapsizlar?
- “Al Nasr”ga qarshi kechkan o'yindagi mag'lubiyatni unutib oldimizda turgan oliy liganing navbatdagi ikkita o'yiniga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ichki chempionatimiz orqali OCHLning navbatdagi turiga tayyorgarlik ko'ramiz.

- “Al Nasr”ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan xulosa chiqardinglarmi?

- Har bir o'yinimizdan so'ng murabbiylarimiz o'yinimiz yozilgan diskni qo'yib berishadi. Kim qaerda xato qilgan bo'lsa, o'sha xatoni takrorlamaslikka o'rgatishadi. Barcha futbolchilar ushbu mag'lubiyatdan o'ziga yarasha xulosa chiqardi deb o'ylayman. Nasib qilsa keyingi o'yinlarda muxlislarimizga g'alabalarimizni taqdim etamiz.



- Rahbariyat ichki chempionatda va OCHLda qanday vazifa qo'ygan?
- Ichki chempionatda, albatta, chempion bo'lish vazifasi qo'yilgan. OCHLda esa birinchi vazifamiz guruhdan chiqish.

- Bolaligingiz va futbolga kirib kelishingiz haqida so'zlab bersangiz.
- Bolaligim Qo'qonda o'tgan. Futbolga bobom olib borganlar. Qarindoshlarimiz va oila azolarimizda kimda o'g'il farzand bo'lsa barchasi futbol bilan shug'ullangan. CHunki, bobom futbolni juda yaxshi ko'rardilar. Qo'qondagi “Kimyogar” jamoasiga borganman. SHundan so'ng Qo'qon shahrida “Quruvchi” jamoasi tashkil topdi. "Quruvchi" jamoasiga bordim va ushbu jamoa kichik turnir o'tkazdi. Yaxshi o'yin namoyish etgan futbolchilarni saralay boshlashdi. Ular orasida men ham bor edim. 2009 yili “Bunyodkor” klubiga jalb etishdi va o'shandan buyon shu erdaman.

- Tog'angiz Baxtiyor Ashurmatovga havas qilib himoyachi bo'lishni xohlaganmisiz?
- Ochig'ini aytsam “Bunyodkor”ga kelishimdan oldin hujumchi bo'lganman. O'yinlarda gol urib, o'zimni ko'rsatganimdan so'ng “Bunyodkor”ga taklif qilishgan. “Qaldirg'ochlar” akademiyasida ham 2 yilcha hujum chizig'ida harkat qildim. Nima sabab bo'ldi bilmayman himoya chizig'ida o'ynashni o'zim murabbiyimizdan iltimos qilganman. Balki tog'amga o'xshagim kelgandir.

- Futbolchi bo'lishingizga tog'angiz qanchalik yordam berdi?
- Qo'qonda futbol o'ynab yurgan kezlarimda tog'am menga futbol o'ynashim uchun butsa va kiyimlar olib kelib berardilar. O'sha buyumlar biz uchun juda ham qadrli bo'lardi xuddi bizdan boshqa baxtli inson yo'qdek. Hozir ham tog'am mendan maslahatlarini ayamaydilar buning uchun ularga katta rahmat aytaman.



- O'zingizni futboldan boshqa sohada tasavvur qilib ko'rganmisiz?
- Bu savolingizni muxbirlar menga juda ko'p berishgan. Menimcha ushbu savolni barcha futbolchilarga berishsa kerak. Boshqa kasbni o'ylamasdan faqat futbol haqida o'ylab noto'g'ri qilgan ekanman. CHunki, futbol shunaqangi sport turiki hamma narsa bo'lishi mumkin. To'g'risini aytsam futboldan boshqa narsa xayolimga kelmagan ekan.

- Balki futbolni yakunlaganingizdan so'ng, tog'angizga o'xshab murabbiylik sohasini boshlarsiz?
- Buni oldindan rejalashtirib qo'yganman futbolni yakunlaganimdan so'ng, albatta murabbiy bo'laman.

- “Futbolchi bo'lish qiyin lekin uning noni shirin”, deyishadi...
- Bu judayam to'g'ri aytilgan gap deb o'ylayman. Ayrim odamlar mazza qilib futbol o'ynaysizlarda keyin katta pul olasizlar deb o'ylashadi. Lekin bu juda ham noto'g'ri fikr. CHunki, mahallada oshna – og'aynilar bilan birga futbol o'ynash bilan professional to'p tepish bir biriga taqqoslab bo'lmaydigan narsa. Tashqaridan turib futbolchilarning o'yiniga baho beradigan odamlarga maydonga tushib ikki daqiqa yugurib ko'rishlarini maslahat bergan bo'lar edim.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика