So’nggi yangiliklar

21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  3 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  6 20:00Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ва "Лочин" ўртасидаги 1/8 финалнинг илк ўйини бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  6 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  25 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  2 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:34Ўзбекистон U-21 — Россия U-21. Ўртоқлик ўйини учун таркиблар маълум  26 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  14 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  10 15:55"Ливерпуль" ва "Милан" собиқ футболчиси Сегунда клубига ўтди  1 15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  10 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  13

Rustam Ashurmatov: “Bunyodkor” bir futbolchiga qarab qolgan deb o'ylamayman” Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: “Bunyodkor” bir futbolchiga qarab qolgan deb o'ylamayman”

“Bunyodkor” klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov “Neftchi”ga qarshi uchrashuv oldidan fikr bildirdi.
-  O'yin oldidan barcha jamoalarga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz, ajratib o'tirmaymiz. Murabbiylar bizlarga kerakli ko'rsatmalarni berishadi. Ikkinchi davraga tayyorgarlikni tog'da o'tkazdik. Hammasi joyida bo'ldi, jamoamizga SHohruh Gadoev kelib qo'shildi. Ijaradagi futbolchilarimiz ortga qaytdi. SHuning hisobiga jamoamiz kuchaytirilgan. “Neftchi”ga qarshi uchrashuv uchun tayyorgarligimiz meyorida deb o'ylayman.

SHaker Zuagiga keladigan bo'lsak u jamoamizga kerakli futbolchi edi. Jamoadoshlarim qatorida men ham unga o'rganib qolgandim. Hayotda ham, futbolda ham xattoki mashg'ulotlarda ham u bilan yaxshi chiqishib qolgandik. Zuagi jamoamizning etakchi futbolchisi edi. “Bunyodkor” bir futbolchiga qarab qolmagan deb o'ylamayman. Bizda jamoaviy o'yin tashkillashtirilgan. SHuning hisobiga uning o'rnini murabbiylarimiz boshqa futbolchilar bilan to'ldirishadi deb o'ylayman.

Birinchi davrada kerakli bo'lgan ochkolarni qo'ldan chiqardik. SHunday bo'lsa ham birinchi davrani deyarli birinchi pog'onada yakunladik. Lekin, qoldirilgan o'yin evaziga “Lokomotiv” bizdan ikki ochko oldinga o'tib ketdi. Ikkinchi davra birinchisiga qaraganda qiyinroq va murasasizroq bo'ladi deb o'ylayman. Nasib qilsa so'nggi soniyagacha kurashamiz. Musobaqalarda oldimizga maksimal vazifa qo'yilgan. Birinchisi O'zbekiston chempionatida birinchi pog'onani qayd etish bo'lsa ikkinchisi O'zbekiston kubogini qo'lga kiritish. SHuning hisobiga bor kuchimiz bilan harakat qilyapmiz.

To'g'ri ikkin yil davomida OCHLning “pley – off” bosqichida ishtirok etdik. Muxlislarimiz bunga deyarli o'rganib ham qolishdi. “Pley – off”da ishtirok etish oson bo'lmaydi. SHuning uchun ham ichki chempionatda birinchi pog'onani egallashga harakat qilamiz”, - deydi “Bunyodkor” himoyachisi Rustam Ashurmatov.

Johongir Sotvoldiev suhbatlashdi
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика