So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Mundial-2026. Rustam Ashurmatov "Bunyodkor" akademiyasiga qanday kelib qolgani va 2 million so'm maosh haqida Yangiliklar

Mundial-2026. Rustam Ashurmatov "Bunyodkor" akademiyasiga qanday kelib qolgani va 2 million so'm maosh haqida

Saytimiz jurnalisti Nodirxo'ja Yuldashev O'zbekiston terma jamoasi va "Rubin" klubi sharafini himoya qilayotgan Rustam Ashurmatov bilan Qozon shahrida suhbat uyushtirgan edi.

Futbolchi dastlab "Bunyodkor" akademiyasiga qanday kelib qolgani haqida fikr bildirdi. Rustam Ashurmatov va Akrom Komilov dastlabki qadamlarni Qo'qonda tashlagan. 

"Futbolda Narimon akada emas, Ibrohim va Ikrom akada shug'ullanganman. Narimon aka bizni Toshkentga bitta jamoa sifatida olib kelgan. Akrom esa ularda bo'lgan. Sergey Lushchan selekcioner sifatida turnirga kelgan va u erdan 23 nafar futbolchini tanlashgan. O'sha vaqtda albatta o'yinlarini ko'rganman. 23 nafardan 3 nafar bolani olib qolishgan. Men, Akrom va Ibrohim. 

Atrofimda yaxshi futbolchilar ko'p bo'lgan. Meni aslida hujumchi sifatida "Bunyodkor"ga qabul qilishgan. Lekin hujumda ishlarim yurishmagan. O'yinim ko'p, golim kam bo'lardi. Eslayman, lagerdaligimizda poziciyalarga ajratayotganda Sergey Lushchanga himoyaga olishini o'zim iltimos qilganman. SHundan beri mudofaada o'ynab kelyapman. U ham qo'llab-quvvatlagan. Bizning avlodda Javohir Qahramonov, Nuriddin Hasanov, Dilshodbek Ahmadaliev bor edi",- deydi Rustam Ashurmatov.


"Bunyodkor"da maoshim 2 million bo'lgan. Lekin mukofot puli oyligimizdan ko'proq edi. Klubda keyinchalik ham katta pul olmaganman. Eng ko'p maoshim 10 million so'm bo'lgan, mukofotlar bo'lardi. Undan kattasini Koreyada olganman. O'zligimni yo'qotib qo'ymasligimga birinchi o'rinda atrofimdagi muhit sabab bo'lgan. Omadim ham kelgan. "Bunyodkor"da cho'qqiga chiqqan paytimizda ham topgan pulimizni uyga berardik. Yashirmayman bugun ham topgan pulimni yarimidan ko'pini onamga jo'nataman. Kerakligini olib qolaman va uyga yuboraman",- deydi suhbatdoshimiz

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика