Rustam Akramov: "Babayanga turnirda qatnashish tajribasi yetishmadi"

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2016, 10:46
U23 Osiyo chempionatida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi guruhdan chiqa olmadi.

O'zbekistonlik taniqli muxtassislardan biri bo'lgan Rustam Akramov o'z fikrlarini bildirdi.

- Samvel Babayan haqida shunday deyishim mumkin:  U yaxshi inson, jamoani yaxshi shakllantirgan, "Paxtakor" bilan O'zbekistonning ikki karra chempioni bo'lgan insondir. Shuningdek, yaxshi menejer va murabbiydir. Faqatgina Babayanga turnirda qatnashish tajribasi yetishmadi deb o'ylayman. Har bir uchrashuvda raqibni "laqillatish" va chalg'itishni bilish kerak. Yuqorida aytib o'tganimdek, turnirga tayyorgralik jarayonida har bir o'yinga alohida-alohida  shug'ullanish kerak edi. Bizni ikkita muhim o'yinimiz bor edi. Qaysidir bahsga pressing, keyingisiga esa boshqacharoq usul qo'llash kerak edi, - deydi Rustam Akramov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia