So’nggi yangiliklar

17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  0 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  14 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  25 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1

Rustam Abdullaev: “Tayyorgarlikdan ko'nglim to'ldi” Yangiliklar

Rustam Abdullaev: “Tayyorgarlikdan ko'nglim to'ldi”

O'n ikki yildan so'ng yana oliy ligaga qaytgan “Qo'qon-1912” joriy mavsumga astoydil hozirlik ko'rdi.
Qishki yig'inlar, olib borilgan selekciya ishlari va boshqalar haqida bilish maqsadida jamoa bosh murabbiyi Rustam Abdullaev bilan suhbatlashdik.

- Rustam Rahmonovich, yurtimizda  oliy liga o'yinlari boshlandi. Aytingchi olib borilgan qishki yig'inlardan ko'nglingiz to'ldimi?

- SHunday desa ham bo'ladi. O'zingizga yaxshi malumki, “Qo'qon-1912” mamlakatimizda o'z o'rniga ega jamoalardan biridir. 12 yillik tanaffusdan so'ng yana kuchlilar safiga qaytganimizdan xursandman. Endilikda bizga yanada qiyin bo'ladi. SHu bois bu yil jiddiy tayyorgarlik ko'rishga intildik. Mavsumlar oralig'ida Qo'qon-Toshkent yo'nalishi bo'yicha yig'in o'tkazdik. Qolaversa Farg'onada o'tkazilgan hokim kubogi turnirida ishtirok etdik. O'ylaymanki hammasi ishlab chiqqan reja asosida kechdi. 

- Yig'in davomida sizni xursand qilgan yoki aksincha xolat deb nimani aytgan bo'lardingiz?

- Eng avvalo klubimiz vice-prezidenti Tolipov Baxtiyor Adilovichga minnatdorchilik bildiraman. Negaki qishki yig'inlarni ko'ngildagidek o'tkazishimiz uchun rahbariyat tomonidan barcha sharoitlar yaratib berildi. Qolaversa Qo'qon shahar hokimi Abdullaev Akramjon Anorqulovich ham ishlari ko'p bo'lishiga qaramay, bizdan xol-ahvol so'rab turdi. Albatta rahbariyat tomonidan bunday etibor bizni ruhlantirib yubordi. Savolingizning ikkinchi qismiga keladigan bo'lsak, bir qator futbolchilarimiz ketma-ket jaroxatga yo'liqdi. Nazorat o'yinlarida o'zimiz xohlagan tarkibni sinab ko'rish imkoni kam bo'ldi.

- Boshqaruvingizdagi jamoa yanvar va fevral oyida o'tkazilgan Farg'ona hokim kubogi va PFL Kubogi turnirida ham ishtirok etdi. Bu ham o'yin amaliyotini oshirish uchun asqotgan bo'lsa kerak?

- Albatta. Bunday turnirlar kerak. CHunki uchrashuvlar orqali futbolchilarning imkoniyatini bilib olamiz. O'ylaymanki bu ikki turnirda jamoamiz yomon ishtirok etmadi. Farg'ona hokim kubogi musobaqasida finalgacha etib bordik. Bosh sovrin uchun kurashda “Neftchi”ga imkoniyatni boy berildi. PFL Kubogida esa yarim finalga qadar ishtirok etdik. Yarim finalda “SHo'rtan” bilan tengma-teng o'yin o'tkazdik. Faqat 10 kishi bo'lib qolganimizdan so'ng qiyin bo'ldi. SHunga qaramay yigitlar g'alaba uchun astoydil kurashdi. Alamlisi so'nggi daqiqada darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. Etiborga molik jihati, bizni yutib finalga chiqqan “SHo'rtan” jamoasi bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Lekin biz bu turnirlarda ko'proq natijadan ko'ra, o'yin uslubni shakllantirishga xarakat qildik. Muhim o'yinlar hali oldinda. 

- Selekciya ishlaridan qoniqish xosil qildingizmi?
- Bu yil oliy ligada kurashchan jamoa shakllantirish uchun shunga monand tarkib tuzishga xarakat qildik. Raqobatni oshirish maqsadida ilgari oliy ligada o'ynagan futbolchilarni tarkibga jalb etganmiz. Meni xursand qilgan jixati, yaqinda hujumchi Doniyor Usmonovning yana “Qo'qon-1912”ga qaytgani bo'ldi. O'tgan yili bu futbolchi jamoamizda o'zini ko'rsatgandi. Ishqibozlar ham uni olib qolishimizni xohlayotgandi. Undan tashqari o'tgan mavsum “So'g'diyona”da o'ynagan qanot yarim himoyachilari Orif Mamajonov bilan Sardor Eminovni ham safimizga qo'shib oldik. Bemalol ayta olamanki, bu futbolchilar o'yinimizni kuchaytira oladi. SHuningdek markaziy yarim himoyada “Neftchi”dan Izzat G'aniev va “Lokomotiv”dan Quvondik Ro'zievni taklif etganmiz. Tajribali hujumchi Nosir Otaqo'zievdan ham umidimiz katta. 

- Aleksey Nikolaev xususida nima deysiz?
- Nikolaev professional futbolchi. Bunday mahoratli o'yinchi har bir jamoaga kerak. U yarim himoya va himoya chizig'ida birdek o'ynay oladi. To'g'ri Aleksey o'tgan mavsum birinchi ligada o'ynadi. Ammo unda tajriba katta. Mashg'ulotlarda avvalgi sport formasiga kirish uchun o'z ustida ishlamoqda. Menimcha Nikolaev hali o'z so'zini aytadi.

- Rossiyalik legionerlar haqida fikringiz qanday?
- Himoyachi Igor Golban bir oydan ortiq davomida mashg'ulotlarimizda qatnashdi. Uning hatti-xarakatlari bizni qoniqtirdi. 1990 yilda tug'ilgan bu futbolchi mudofaa chizig'ida katta hajmdagi ishni bajarmoqda. Uning statistikasiga nazar tashlasak, oldin CHexiya Super kubogi finalida o'ynab, bosh sovrinni qo'lga kiritganini ko'ramiz. Hujumchi Vladimir Argun esa yaqinda Toshkentga keldi. Uni “So'g'diyona” bilan nazorat uchrashuvida o'ynatib, imkoniyatlarini ko'zdan kechirdik. Argun universal futbolchi. Qanot yarim himoyasida ham bemalol o'ynay oladi. Eng asosiysi u bilan shartnoma imzolayotganimizda moddiy jihat asosiy o'ringa chiqmadi. U ko'proq o'ynashni istadi. To'g'ri bu legionerlar mahalliy futbolchilardan bir kalla ustun bo'lmasligi mumkin. Lekin mavsum davomida jamoamizga yordam berishiga ishonaman.

- Qo'l ostingizdagi futbolchilar siz kutgan o'yinni namoyish etyaptimi?
- Biz bu yil deyarli yangi tarkib tuzdik. Bunday paytda istaysizmi yo'qmi, baribir vaqt kerak bo'ladi. CHunki futbolchilar bir-birlarini yaxshi bilmaydi va to'liq tushunib ketishi biroz qiyin jarayon hisoblanadi. Lekin muhimi hozir futbolchilar bir-birlari bilan ahil va inoq. Ichki muhit yaxshi bo'lsa, hammasi ko'ngildagidek kechadi. Tartib intizom bor joyda, natija ham bo'ladi. 

- Ayni damda sizni nima tashvishga solmoqda?
- CHempionat boshlanishiga sanoqli kun qoldi. Afsuski tarkibimizdagi ayrim  o'yinchilar jaroxat olib safdan chiqqan yoki endi-endi jaroxatdan so'ng o'zini tiklab bormoqda. Bu esa zaxira o'rindig'imizni qisqarishiga sabab bo'lmoqda. Umid qilamanki, rasmiylar boshlangunga qadar, hammasi ko'ngildagidek bo'ladi.

- Yangi mavsumda ko'proq kimdan umidiz katta?
- Butun jamoadan. Har bir futbolchi o'zini ko'rsatib, muxlislar olqishiga sazovor bo'lishini istayman. Tarkibda mexnatkash yigitlar yig'ilgan. Nasib qilsa bu yil kurashchan jamoa sifatida shakllanib raqiblarimizga jiddiy tashvish tug'dira olamiz.

- Murabbiylar shtabidan ko'nglingiz to'qmi?
- SHubhasiz. OFK instruktori Vadim SHodimatov endilikda bizga yordam bermoqda. Katta tajribaga ega bo'lgan murabbiy. Uning bilimlari boshqa murabbiylarimizga juda asqotmoqda.

- Yoshlar jamoasi to'g'risida nima deysiz?
- Yoshlar jamoamizga mahalliy murabbiy Muhsin Nizomiddinovni tayinlaganmiz. O'z vaqtida “Qo'qon-1912” va “Neftchi” klublarida o'ynagan sobiq futbolchi. Unga ham kerakli maslahatlari berib boryapmiz va reja asosida yoshlar jamoasini mavsumga tayyorladi. Yoshlar jamoasida 1995 yil va undan kichik yoshdagi o'yinchilar bo'ladi. Jamoa o'tkazgan nazorat o'yinlariga etibor qaratsak, natija yomon emas. Muhimi iqtidorli yigitlar saralab olindi. Qolganini mavsum ko'rsatadi.  

- Muxlislarga tilaklaringiz bo'lsa marhamat.

- Avvalo yurtimizdagi barcha ishqibozlarni yangi futbol mavsumi bilan tabriklayman. Qo'qonlik futbol shinavandalari intizorlik bilan kutgan damlar etib keldi. Jonkuyar muxlislarimizni har bir bahsda xursand qilish uchun bor kuchni beramiz. Ishqibozlarga sog'liq-salomatlik tilayman. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика