Rustam Abdullaev: "Qo'qonlik muxlislarga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman"
22 avg 2015 19:55
Yangiliklar
Rustam Abdullaev: "Qo'qonlik muxlislarga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman"
- Bugun muhim g'alabaga erishdik. Bu muvaffaqiyat biz uchun juda zarur edi. Bizni stadionda qo'llab-quvvatlagan qo'qonlik muxlislarga o'z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. G'alabani ularga bag'ishlaymiz. Muxlislarimizga quvonch baxsh etganimizdan xursandman.
- Bugungi g'alaba nimani hisobiga qo'lga kiritildi, deb o'ylaysiz?
- Bugun shogirdlarim o'yindan oldin berilgan ko'rsatmalarimni bekamuko'st bajarishdi. Bugungi o'yinga qarshi hujum taktikasini tanlagandik va bu bizga foyda keltirdi. Mazkur bahsda himoyachilarimiz ishonchli o'ynashganini ham alohida etirof etishim joiz.
- Jamoaning ochkosi 17 taga etdi va autsayderlardan biroz uzoqlashdi. Bu yog'iga xotirjam tin olish mumkinmi?
- Hotirjam bo'lish uchun hali erta. To'g'ri bosimdan biroz xalos bo'ldik. Lekin chempionat bahslari hali oldinda. Biz keyingi ikkita uchrashuvni o'z maydonimizda o'tkazamiz. “Olmaliq” va “Mashal” bilan bo'ladigan o'yinlarga ham jiddiy tarzda tayyorlanamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar