Rustam Abdullaev: "Qo'qon-1912" va "Paxtakor" o'rtasidagi farq ko'zga tashlandi"
25 may 2014 21:12
Yangiliklar
Rustam Abdullaev: "Qo'qon-1912" va "Paxtakor" o'rtasidagi farq ko'zga tashlandi"
"Paxtakor" - "Qo'qon-1912" (4:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Rustam Abdullaev qatnashdi.
"Qo'qon-1912" birinchi liga jamoa, "Paxtakor" esa oliy ligada peshqadam bo'lib turibdi. Futbolchilar saviyasida farq borligi sezlilib qoldi. Qo'qondan kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman", - deb gap boshladi Rustam Abdullaev.
"Biz har uch kunda o'yin o'tkazayapmiz. Yigitlarga juda qiyin bo'lmoqda. O'yin ertasi kuni dam beramiz, keyin navbatdagi bahs... SHu bois qiyinchilikka duch kelayapmiz".
"Bugungi bahsda shogirdlarim ancha tajriba to'plashdi deb o'ylayman. Kubok xalqaro musobaqaga eng tez yo'llanma beradi. Angliyada kubok finallarida birinchi liga jamoalari ham ishtirok etishadi. Agar harakat qilinsa O'zbekistonda ham kubok finaliga chiqish mumkin".
"Birinchi o'yinda stadion to'la muxlislar, o'z maydonimiz bizga katta yordam berdi. Bugun ham guvohi bo'ldinglar muxlislar qanday tarzda jamoamizga dalda bo'lib turishdi".
"Yaqin kelajakda stadionimiz yana yaxshilanadi. Imkon qadar sharoitlar yaxshilanadi deb umid qilaman".

Fikrlar