Rustam Abdullaev: “Orol”ning oxirigacha kurashishi menga yoqdi”
30 okt 2014 10:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/149772_original.jpg)
![](/upload/storage/149772_220.jpg)
Rustam Abdullaev: “Orol”ning oxirigacha kurashishi menga yoqdi”
Kecha bo'lib o'tgan “Orol” – “Qo'qon-1912” (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.
“Bugun mana ko'rdinglar mavsumda oxirgi o'yini biz uchun yaxshi natija bilan tugadi. “Orol”ning oxirigacha kurashishi menga juda yoqdi. Unda albatta muxlislarni ham xissalari bor oxirigacha jamoani qo'lladilar. “Orol”da zaxiradan maydonga tushgan 11-raqamdagi Damir Nizanovning o'yini yoqdi. Agar bersalaring uni olib ketardim va“Qo'qon-1912”da o'ynatardim.
Kelgusi mavsum jamoamiz oliyda o'ynashni hisobga olsak, shunga yarasha tayyorgarlik ko'riladi. Albatta “Qo'qon-1912” oliy ligada doimiy ishtirok etishini taminlashga harakat qilamiz. Yangi mavsumgacha bundan ham kuchli jamoa shakllantirishga harakat qilamiz”.
Adilbay Allaniyazov yozib oldi

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar