Rustam Abdiev: "Hal qiluvchi o'yinda hakamlar bizga halal berishmadi"
08 apr 2014 18:23
Yangiliklar


Rustam Abdiev: "Hal qiluvchi o'yinda hakamlar bizga halal berishmadi"
Futzal bo'yicha nihoyasiga etgan mavsumda uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan Andijonning "Turon-S" jamoasi bosh murabbiyi Rustam Abdievning "Bunyodkor" bilan kechgan baxslar haqidagi fikri bilan qiziqdik.
- Uchinchi o'rin uchun bahsda "Bunyodkor" tarkib jihatidan bizdan biroz ustun bo'lishiga qaramasdan birinchi bellashuvda yaxshiroq o'yin namoyish etdik. SHuning uchun ham ijobiy natijaga erishgan edik. Ikkinchi o'yinda esa tengma-teng kurash borayotganda yo'l qo'yilgan birgina xatodan so'ng o'yinchilarim ruhan o'zlariga kela olishmadi. Hal qiluvchi uchinchi o'yinda esa o'yinchilarim ko'proq btishni istashgandi, ular o'yinga ruhan yaxshiroq tayyorlanishdi. Hisobda ikkita to'p farqi bilan ortda borayotganimizga qaramasdan yigitlar o'zlarida kuch topa olishdi va g'alabani ilib ketishdi. Eng muhimi oxirgi o'yinda hakamlar bizga halal berishmadi. Bu muvaffaqiyat bilan barchani tabriklayman.
Tolibjon Qosimov yozib oldi
Tolibjon Qosimov yozib oldi

Fikrlar