So’nggi yangiliklar

00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  0 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  2 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  5 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  7 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  2 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  27 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  4 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  6 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  1

Ruslan Roziev: "Neftchi"ga qarshi o'ynaydigan jamoalar yuz emas, ikki yuz foiz kuch bilan harakat qilishadi" Yangiliklar

Ruslan Roziev: "Neftchi"ga qarshi o'ynaydigan jamoalar yuz emas, ikki yuz foiz kuch bilan harakat qilishadi"

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi Pro liganing ikkinchi turida safarda "Yangier" mehmoni bo'ldi va yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng mehmonlar tarkibida faol harakat qilgan iqtidorli yarim himoyachi Ruslan Roziev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- Ruslan dastlab o'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz...

- "Neftchi"ga qarshi o'ynaydigan jamoalar har doim yuz emas ikki yuz foiz kuch bilan harakat qilishadi. Raqibimiz "Yangier" ham biz bilan o'yinga juda yaxshi tayyorlangani ko'rinib turdi. Kurashlarda yutqazmaslikka intildi. SHuning uchun bizga biroz qiyin bo'ldi. Muhimi g'alaba qozondik. Menimcha namoyish qilgan o'yinimiz ham muxlislarga manzur keldi. Pro ligada har bir qo'lga kiritilgan ochkoni qadri baland. SHunday ekan barcha bahslarga jiddiy qaraymiz.

- Oldingi chiziq vakillaridan ayniqsa sizda gol urish qulay imkoniyatlar yuzaga kelyapti. Lekin ulardan samara chiqarishga qiynalmoqdasiz...

- Mashg'ulotlarda aynan shu jihat ustida murabbiyimiz Ilhom Mo'minjonov bilan ish olib boryapmiz. Fikringizni inkor qilmayman. "Olimpik" bilan ham, "Yangier" bilan ham o'yinlarda qulay vaziyatlar yuzaga kelgandi. Navbatdagi o'yinlarda vaziyatlardan foydalanishga harakat qilaman. Umid qilamanki menda bunday imkoniyat yana bo'ladi. Oldimga to'purar bo'lishni maqsad qilib qo'yganman.

- Ayni paytda Pro ligada to'p tepmoqdasiz. Bilishimizga qaraganda o'tgan mavsum ham mazkur liga jamoalaridan biri "Dinamo"dan ham taklif bo'lgan ekan...

- Men hozirda "Neftchi" azosiman. Nima uchun bu jamoani tanladim? Aslida Superliga jamoalaridan ham takliflar bor edi. Lekin  elitada 7-8 o'rinlar uchun kurashgandan ko'ra "Neftchi" bilan Pro ligada chempionlik va Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritganim yaxshiroq.  Bilasiz, ushbu jamoa o'zining katta tarixiga ega. Ha, to'g'ri aytdingiz o'tgan mavsum "Dinamo"da bir hafta shug'ullangandim. Biroq "Paxtakor" qo'yib yuborishni istamagandi. Fursatdan foydalanib Farg'onadan uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirib qolaman.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика