Ruslan Roziev: "Ikkinchi bo'limda o'yinimiz o'xshamadi"
09 iyu 2021 13:03
Yangiliklar
Ruslan Roziev: "Ikkinchi bo'limda o'yinimiz o'xshamadi"
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi Pro liganing navbatdagi turida "Olimpik" mehmoni bo'ldi (0:3).
Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoaning yosh futbolchilaridan biri Ruslan Roziev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Ruslan uchrashuv haqida fikrlaringiz?
- Birinchi bo'limda yomon o'ynamadik. Lekin ikkinchi bo'limda nimadir bo'ldi, hech narsa o'xshamadi.
- Uchrashuvning dastlabki qismida "Neftchi" birinchi raqamli jamoa bo'lib to'p tepdi. Ammo ikkinchi bo'limda o'yinni tushirib yubordi. Nima uchun bunday boldi dib uylaysiz?
- Bizda charchoq alomatlari sezildi va havo ham judda issiq edi.
- Tanaffusdan so'ng jamoa uyinni to'liq raqibga topshirib quydi. Buning sababi nimada, deb o'ylaysiz?
- Mening o'ylashimcha, o'zgarishlar tasir qildi. O'zgarishlarni biroz kechroq amalga oshirish kerak edi, deb uylayman.
Uchqun Azimov yozib oldi
Fikrlar