Ruslan Ahmedov: "Tan olish kerak, "Lokomotiv" bizdan tajribali"
06 apr 2023 22:45
Yangiliklar


Ruslan Ahmedov: "Tan olish kerak, "Lokomotiv" bizdan tajribali"
Pro liga 4-turi doirasidagi "Xorazm" – "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida qatnashdi.
O'yin haqida
— Bugun hujumkor o'yin namoyish etdik, lekin omad etishmadi. Tan olish kerak, "Lokomotiv" bizdan tajribali. Tanlagan taktikamiz bo'yicha, standartlardan gol urishimiz kerak edi.
— Ikki asosiy tarkib futbolchingiz ketdi, ularning o'rni bilindimi?
— Albatta, bilindi. Bir nafar futbolchi ketganda ham bilinar edi. Rotaciyalar qildik. Yigitlar harakat qilishdi, ularga etirozim yo'q. Bu futbol. Xato qilmaslikdan hech kim holi emas.
— Bugungi o'yinda yaxshi harakat qilgan Azizbek Bahromovning o'yinidan qoniqish hosil qildingizmi?
— Ha, uning o'yini yaxshi. Hali 19 yosh bola, gol urdi, harakatlari ham yaxshi. Xudo xohlasa kelajakda yaxshi hujumchi bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar