"Xorazm" murabbiyi Ruslan Ahmedov: "Raqibga tashabbusni berib qarshi hujumni ko'zladik"
20 mar 2022 19:22
Yangiliklar


"Xorazm" murabbiyi Ruslan Ahmedov: "Raqibga tashabbusni berib qarshi hujumni ko'zladik"
O'yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov ishtirok etdi.
- Bugungi o'yin og'ir bo'ldi. CHunki biz taktika tomondan tayyorgarlik ko'rgandik. Bilamiz, “Andijon” yaxshi jamoa. Ular Superligaga chiqishga davogar hisoblanadi. Biz har o'yinga jiddiy tayyorlanamiz.
- O'yinda 3:0 bo'lishini kutganmidingiz?
- Biz bugun ikkinchi temp bilan o'ynadik. Imkoniyatlarimiz bo'lishini kutgandik. Raqibga tashabbusni berishni oldindan rejalashtirgandik. Biz esa qarshi hujumlar uyushtirishni ko'zladik.
- “Andijon”ning o'yiniga qanday munosabat bildirasiz?
- Yaxshi jamoa. Tajribali futbolchilari ko'p. Raqib safida legionerlar ham bor. Ular o'ziga yarasha kuchli. Mavsum davomida klub baribir Superligaga chiqish uchun harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar