Ruslan Ahmedov: "Har bir ochko oltinga teng"
08 apr 22:26
Yangiliklar
Ruslan Ahmedov: "Har bir ochko oltinga teng"
O'yin haqida
- Og'ir o'yin o'tkazdik. Avvalroq oson o'yinlar bo'lmasligi haqida aytgandim. Har bir ochko oltinga teng. Jamoani g'alaba bilan tabriklayman.
Vaziyatlarimizdan to'liq foydalana olmadik. Yigitlar harakat qilishdi. Bir gol urib bo'lsa ham g'alabaga erishdik. Natija baribir natija.
- Bobur Farhodovning zaxirada qolishiga sabab nima?
- 4 ta turdan beri o'ynab kelayotgandi. Bir-ikkita poziciyada rotaciya qildik. Bu taktik uslub edi.
- Vaziyatlardan foydalana olmaslikni qanday baholaysiz?
- "Do'stlik" doim bir xil uslubda o'ynaydi. 4-3-3 uslubni muntazam qo'llaydi. Maydonimiz holatidan kelib chiqib uslub tanlaymiz. Natija keltirayotgan ekan, tanlagan yo'limiz to'g'ri bo'layapti. Biz doimiy bu maydonda mashg'ulot o'tkazmaymiz.
Jamoada raqobat kuchli. O'z ustida ishlagan kuchayib boraveradi.
Fikrlar