Ruslan Agalarov: Uchta xato qildik va Bunyodkor uchta gol urdi
21 jan 2016 12:52
Yangiliklar
Ruslan Agalarov: Uchta xato qildik va Bunyodkor uchta gol urdi
Anji bosh murabbiyi Ruslan Agalarov Bunyodkorga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng (2:3) o'z fikrlarini bildirdi.
– Ruslan Agabekovich, Anji bugun nimaga mag'lub bo'ldi deb o'ylaysiz?
– Uchta xato – uchta gol.
Umuman olganda yaxshi o'yin o'tkazdik. Barchaga imkoniyat berdik, kimdir ko'proq, kimdir 20 daqiqa o'ynadi.
Natija? Albatta, barcha o'yinlarda yutishni istaymiz. Ammo katta vahima qiladigan hech nima bo'lmadi, chempionatga tayyorgarlik ko'rayapmiz.
Birinchi bo'limda raqib ikkita imkoniyatdan ikkita gol urdi. Biz esa aksincha bir qator vaziyatlardan gol ura olmadik. Natija emas, futbolchilarning holati muhimroq. Ammo baribir xatolar ustida ishlaymiz, - deydi Agalarov klub rasmiy saytiga.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar