Rus taksichisini policiya qidirmoqda
14 iyu 2018 11:24
Yangiliklar
Rus taksichisini policiya qidirmoqda
Tartibni saqlash vakillari Meksikadan Rossiyaga borgan muxlisadan ikki kilometrlik yo'l uchun 6 ming rublini shilib olgan taksichini qidirmoqda.
Muxlisa Rossiyaga kelish uchun bir martalik viza olgan. U 8 iyunning tunida BMW avtomobiliga chiqqan va Sankt-Peterburgning ikki kilometrlik yo'li - Dvorcovaya maydonidan Nevskiy chorrahasiga borgan. Taksichi esa undan 7 ming rubl talab qilgan.
Muxlisa buncha mablag' bera olmasligini aytganidan keyin u eshikni qulflab olgan. Meksikalik chorasizlikdan 6 ming rubl berib, mashina salonidan chiqib ketgan.
Hozirda mashina qaerdaligi aniqlangan, biroq haydovchining o'zi qidiruvda.
Meksika terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqichida Peterburgda o'ynamaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar