Rus taksichisini policiya qidirmoqda

Mirjalol Normatov
14 iyun 2018, 11:24
Tartibni saqlash vakillari Meksikadan Rossiyaga borgan muxlisadan ikki kilometrlik yo'l uchun 6 ming rublini shilib olgan taksichini qidirmoqda.

Muxlisa Rossiyaga kelish uchun bir martalik viza olgan. U 8 iyunning tunida BMW avtomobiliga chiqqan va Sankt-Peterburgning ikki kilometrlik yo'li - Dvorcovaya maydonidan Nevskiy chorrahasiga borgan. Taksichi esa undan 7 ming rubl talab qilgan.

Muxlisa buncha mablag' bera olmasligini aytganidan keyin u eshikni qulflab olgan. Meksikalik chorasizlikdan 6 ming rubl berib, mashina salonidan chiqib ketgan.

Hozirda mashina qayerdaligi aniqlangan, biroq haydovchining o'zi qidiruvda.

Meksika terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqichida Peterburgda o'ynamaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sports.ru