So’nggi yangiliklar

14:44"Барселона" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  0 14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  0 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  8 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  14 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  5 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  4 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  1 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  11 09:23“Рома“ бразилиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  1 08:28УEФА “Интер“- “Барселона“ учрашувидаги ҳакамликка муносабат билдирди  38 08:05Европа лигаси. Маунт МЮ сафида илк дублини қайд этди, иккинчи голини эса майдон марказидан урди  0 07:59МЮни финалга олиб чиққан Аморим нималар деди?  2

Rus matbuoti va taniqli jurnalistlar SHomurodov haqida nima deyishmoqda? Yangiliklar

Rus matbuoti va taniqli jurnalistlar SHomurodov haqida nima deyishmoqda?

Rossiyaning mashhur "Sports.ru" nashri hamda taniqli jurnalistlar O'zbekiston terma jamoasi hamda "Rostov" hujumchisi Eldor SHomurodov haqida qiziqarli maqola va fikrlarni bildirishmoqda.

Quyida o'sha maqola va jurnalistlarning SHomurodov haqida yozganlariga to'xtalib o'tamiz.

Karpinning SHomurodovdan ko'ngli to'q, deya boshlanadi maqola.

"SHomurodov yangi mavsumdagi shubhasiz eng yorqin yulduzlardan biri. Etiborlisi, o'tgan mavsum SHomurodov umumiy hisobda 3ta golga mualliflik qilgandi. Tulaning "Arsenal" jamoasiga qarshi o'yindan keyin uning hisobidagi gol plyus pas (2 gol, 1 assist) tizimidagi ochkolari soni  3taga etdi. SHomurodov haqida ko'pchilik o'tgan mavsum yakunida yaxshi tasavvurga ega bo'lgandi. "Krasnodar"ga suzuvchilar uchun chiqarilgan sehrli qalpoqcha bilan urgan goli barchaning yodida. O'shanda Eldor zaxiradan o'yinga qo'shilib "Rostov"ga 1 ochkoni taqdim etgandi. Qizig'i, o'sha goldan so'ng SHomurodov kiyib chiqqan qalpoqchani ijtimoiy tarmoqlarda "Eldor-qalpoqlari" deb nomlangan keng reklamasi ketgandi", deyiladi maqolada.



"SHomurodov yozda "Rostov"ning yangi mavsumga taraddud ko'rish jarayonida ham asosiy yulduziga aylandi. "Parimatch Premer" kubogida CSKA darvozasiga kiritilgan ikkita gol urib barchaning diqqatiga sazovor bo'ldi. Keyinchalik premer liganing ilk turida "Orenburg" darvozasi yana o'sha mashhur bosh bilan ishg'ol etildi. SHundan so'ng jurnalistlar ham Karpindan SHomurodov top klublarda o'ynashga tayyormi, deya so'ray boshlashdi. Valeriy Karpin esa jurnalistlarga Eldor "Rostov"da o'tgan yil mobaynida doimiy o'sishga erishgani va endigina murabbiy xohlagan darajaga chiqqanini takidladi".

Keyinchalik "Spartak"ka qarshi ikkinchi tur doirasidagi bahsda SHomurodov yomon taassurot qoldirmadi. Biroq kutilgan o'yinni namoyish eta olmadi. Tulaning "Arsenal" jamoasiga qarshi o'yinda esa SHomurodov tom manoda eng zo'ri bo'ldi. Dastlab u ajoyib texnikasini ko'rsatdi.  Ionovning uzatgan golli pasi va g'alaba to'pi. Bir himoyachidan ustalik bilan o'tish, ikkinchisini aldash va hujumga chiroyli yakun - zarba. "Rostov"ning mazkur g'alaba to'pi to'liqligicha SHomurodov nomiga yozildi.

Yozda SHomurodov "Rostov" bilan shartnomani 3 yilga uzaytirdi. SHomurodov "Rostov"ning o'tgan yilgi asosiy hujumchisi, islandiyalik Born Sigurdsonni zaxiraga o'tkazdi. Karpin esa yaqindagina chiroyli, xo'rliqo Mashaga bergan intervyusida Eldorni Rossiya premer ligasidagi eng iqtidorli futbolchilar (Aka-uka Miranchuklar, Azmun va SHomurodov) qatorida tilga oldi.

Hozircha Rossiya premer ligasining yangi yulduzi haqida shular.



Qo'shimcha sifatida shuni aytish kerakki, Tulaning "Arsenal" jamoasiga qarshi o'yindan keyin taniqli rus sharhlovchilari, jurnalistlar va ijtimoiy tarmoqdagi mashhur insonlar SHomurodov haqida juda ko'p iliq fikrlarni bildirishdi.

Xususan sobiq futbolchi, taniqli sport sharhlovchisi Konstantin Genich SHomurodovni Rossiya premer ligasining yulduzi deya atadi.

CHempionat.kom nashri jurnalisti Dmitriy Egorov esa o'z akkauntida Mostovoy va Georgiyning SHomurodovni "Rostov"ning eng yaxshi va qiziqarli transferiga aylangani haqida gapirishganini malum qildi hamda jurnalist SHomurodovni eng zo'ri deya yozdi.

Qirg'iziston Futbol Federaciyasi matbuot kotibasi Natalya esa SHomurodovni hozirgi kunda O'zbekistonning eng kuchli futbolchisi deya atadi.

"Sport Ekspress" nashri bosh muharrir o'rinbosari Dmitriy Simonov esa SHomurodovni "Spartak"ka takliq qildi. U shunday yozadi: "Qimmat, hali chempionatimizga moslashmagan legionerlarga pul sarflagandan ko'ra, yaxshisi SHomurodovni sotib olgan maqul. Ponse bilan taqqoslab ko'ring. Hali u moslashish jarayonida..."



Malumot o'rnida: "Sports.ru" saytida Rossiya premer ligasining virtual futbol uchun mo'ljallangan fentezi o'yinida SHomurodov eng ko'p ochko to'plagan futbolchilar orasida uchinchi o'rinda bormoqda va transfer bozorida eng talabgor futbolchiga aylangan. SHomurodov uchinchi turdan so'ng 17 ochko to'plagan holda 19 ochkodan ega Aleksandr Sobolev va jamoadoshi Aleksey Ionovdan ortda qolmoqda xolos.


SHomurodov va Azmun Osiyo nashri etirofida 

SHomurodov "Mashal" akademiyasiga qanday kelib qolganini bilasizmi? 



Reyting: +145   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика