Runining "Birmingem"dagi starti omadli bo'lmadi
12 noy 2023 10:37
Yangiliklar
Runining "Birmingem"dagi starti omadli bo'lmadi
Ueyn Runi qo'l ostidagi "Birmingem" g'alabasiz seriyasini davom ettiradi.
"Manchester Yunayted" va "Everton"ning sobiq futbolchisi 11 oktyabr kunida jamoa boshqaruvini qo'liga olgandi. O'shanda jamoa chempionat turnir jadvalida 11 turdan keyin 18 ochko bilan 6-o'rinda borayotgandi.
Runi qo'l ostida jamoa 4 mag'lubiyat qayd etdi, faqatgina bir o'yinda "Ipsvich" bilan durang o'ynadi. 16-turdan keyin "Birmingem" 18-o'ringa tushib ketdi.
"Biz juda yaxshi jamoalarga qarshi o'ynadik. Dastlabki ikki o'yinda etarlicha darajada yaxshi bo'la olmadik, tushunarliki, endi o'zgarayotgandik.
So'nggi 3 o'yinda ijobiy holatlar ko'p bo'ldi, jamoaning o'yinida yaxshilanishlar bo'lganini ko'rdim. Albatta, rivojlanish, natijalarni yaxshilash kerak", - dedi Runi.
Fikrlar