So’nggi yangiliklar

10:45"Ал Насср" бразилиялик иқтидорни сотиб олди  0 10:14"Romaspress" нашри бугунги учрашув учун римликларнинг эҳтимолий таркибини эълон қилди  1 09:45Flashscore. Раҳмоналиев ва Ашурматов кечаги мағлубиятдан сўнг неч баҳога лойиқ кўрилди  0 09:19"Рома" етакчиларидан бири фаолиятини Саудияда давом эттиради  1 09:15Туркия чемпионати. "Галатасарой"да йирик ғалаба, Батшуайи пенальтидан гол ура олмади  2 08:47Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:35А Серия. Лукаку "Наполи" сафида дебют голини урди, Абрҳам "Милан"даги биринчи ўйинида ассист амалга оширди  3 08:20"Вест Хэм" футболчиси Хебай жамоасига кўчиб ўтди  2 07:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:19А Серия. «Милан» яна ғалаба қозона олмади,«Наполи»дан эса супер камбек  1 01:44Гринвуд "Марсель" сафида Лига 1даги 3та ўйинда 5та гол урди. Бу ишни сўнгги 50 йилда фақатгина Балотелли қила олганди  4 01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  4 00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  7 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гол ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  9 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  9

Runidan ham yaxshiroq… Yangiliklar

Runidan ham yaxshiroq…

Anderson Luis de Abreu Oliveyra. Aleks Fergyusondek buyuk murabbiy vaqtida braziliyalik bu iqtidorga Manchester Yunayted yarim himoyasining bo'lajak etakchisi sifatida qaragan va futbolchi ham faoliyatining dastlabki bosqichida shunga umid uyg'otgandi.

Ammo voqealarning keyingi rivoji boshqacha tus oldi: Anderson xuddi Xuan Sebastyan Veron singari Fergi davridagi eng omadsiz xaridlardan biriga aylandi. Uning MYUda o'tkazgan yillariga nazar tashlasak, naq 10ta ajoyib sovringa ega chiqqanini ko'ramiz. Ammo chuqurroq tahlil nisbatan yoqimsiz tasvirlarni ham yuzaga keltiradi. Keling, hikoyani o'tmishdan boshlasak...

Anderson futbol olamida borligini ilk marta 2005 yili Gremio safida bildirib qo'ygandi. O'sha vaqt klub Braziliya B seriyasida ishtirok etar va elita yo'llanmasi uchun kurashardi. Yuqori divizion yo'llanmasi taqdiriga oydinlik kiritgan so'nggi, hal qiluvchi o'yinda Anderson raqib jamoa azolaridan yarmini yolg'iz o'zi bir yoqli qildi va g'alaba goli muallifiga aylandi. Etiborlisi, Gremio o'sha bahsning oxirlarida maydonda 8 (!) kishi bo'lib qolgandi (3 nafar futbolchi hakam tomonidan chetlatilgandi). Xullas, Anderson shunday murakkab vaziyatda jamoasi joniga oro berdi va o'sha yili haqli ravishda Janubiy Amerikaning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tan olindi.

SHubhasiz, bunday yorqin istedod sohibi evropalik skautlar nazaridan chetda qolmasdi va futbolchining harakatlarini kuzatish uchun Gremio qarorgohiga birinchi bo'lib, Portu vakillari etib borishdi. Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangach, Anderson Portugaliya futboli etakchisi safiga qo'shilib, tez orada uning asosiy tarkibidan mustahkam o'rin oldi. Biroq Evropada omadli boshlangan faoliyati tizzasidan orttirgan jarohati tufayli vaqtincha to'xtadi. Ishonish qiyin, ammo shu holatda ham u dunyoning eng mashhur klublaridan biri - Manchester Yunayted etiboriga tushdi. Eng muhimi, Andersonning xizmatlariga shaxsan ser Aleks ehtiyoj sezgandi. SHu bois, transferlar masalasida kamdan-kam adashgan murabbiy Portugaliyaga MYUning eng yaxshi skauti, yani akasi Martin Fergyusonni jo'natdi. U esa o'smirni 5 hafta davomida sinchiklab kuzatgach, yakuniy xulosani Manchesterga yubordi. Qisqa, ammo lo'nda yozilgan maktubga shunday xotima yasalgandi: Runidan ham yaxshiroq. Albatta, ser Aleks bu tarifga uncha ishonmadi, ammo  Andersonni jamoaga taklif etishdan tiyilmadi, baribir. Mazkur transfer qizil iblislarga 26 million funtga tushganini ham takidlash lozim.

Braziliyalik iqtidor Manchesterga ko'chib o'tgach, jamoa o'yiniga tezda kirishib ketdi. Biroq negadir raqiblar darvozasini nishonga olishi ortga surildi. Xullas, debyut mavsumidagi ilk golini 2008 yili Moskvada o'tgan CHL finalida nishonladi - o'yindan keyingi penaltilar seriyasida Petr CHexni dog'da qoldirdi. Keyingi mavsumda ham umumiy vaziyat uncha o'zgarmadi. Lekin ko'ngli daryo ser Aleks braziliyalik iqtidorga ishonishda davom etaverdi.

Futbolchi 2009|2010 yillar mavsumini jarohat tufayli muddatidan ertaroq yakunladi. Mashg'ulotlarda ishtirok etmaslik esa, yangicha hayotga qadam qo'yayotgan yigitchani yo'ldan ozdirdi. Endi u vaqtini asosan tungi klublarda o'tkazar, hattoki, bazida mast holda policiya qo'liga ham tushib turardi... SHu tariqa keyingi 5 yil ketma-ket jarohatlar, ortiqcha vaznga bog'liq muammolar va albatta, o'yin amaliyotisiz o'tib ketdi. Andersonning faoliyatiga shuningdek, Fergyuson tanlagan yangi taktika ham salbiy tasir qildi, chog'i. CHunonchi, Krishtia­nu Ronaldu Realga ketganidan so'ng qariya murabbiy uslubni o'zgartirishga majbur bo'lgandi. Unga ko'ra, Andersonning hujumkor harakatlar emas, aksincha, himoyada ko'proq ishlashiga to'g'ri keldi. Aynan shu holat braziliyalik futbolchining istedodini to'la namoyon etishiga xalal berdi, go'yo. Yakuni yo'q muammolarga qaramay, Anderson klubda shuncha uzoq vaqt qolgan ekan, demak, Aleks Fergyuson oxirigacha unga umid bog'lagan. Lekin vaqti etib, afsonaviy shotland murabbiylik faoliyatini yakunladi. Uning o'rnini egallagan Devid Moyes va Lui van Gal esa braziliyalik futbolchiga To'rt tomoning qibla qabilidagi gaplarni aytishdi.

Xo'sh, Andersonning MYUdagi faoliyati nega o'xshamadi? ...

maqolaning to'liq qismini "InterFutbol" saytida o'qish mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика