Runi: "Sancho "Manchester Yunayted" uchun ajoyib transfer bo'ldi"
19 iyu 2021 22:51
Yangiliklar
Runi: "Sancho "Manchester Yunayted" uchun ajoyib transfer bo'ldi"
"Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Ueyn Runi yarim himoyachi Jeydon Sanchoning "Manchester Yunayted"ga o'tgani borasida gapirdi.
"Manchester Yunayted" uchun ajoyib transfer bo'ldi. SHunday ishlardan keyin muxlislar klubdan ko'prog'ini kutishga haqlilar. Jamoaning saviyasi o'smoqda. Angliyada esa bu borada raqobat juda katta. Biroq shunga qaramasdan MYU ushbu mavsumda yuqori o'rinlar uchun kurashishini kutyapman", - dedi Runi.
Eslatib o'tamiz, uning transferi uchun mankunianliklar 85 million evro to'laydi. Futbolchi va klub bu borada rasman kelishib olgan. Ammo u hali shartnoma imzolaganicha yo'q.
Fikrlar