Runi: “Raqib jamoalarda o'ynagan bo'lsam ham “Liverpul”ni chempionlikka loyiq hisoblayman”
22 mar 2020 20:58
Yangiliklar


Runi: “Raqib jamoalarda o'ynagan bo'lsam ham “Liverpul”ni chempionlikka loyiq hisoblayman”
“Derbi Kaunti” sardori Ueyn Runi APL joriy mavsumining to'xtatilish ehtimoli borligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Voqealar rivoji shunday tus oladigan bo'lsa, “Liverpul” champion bo'la olmasligi mumkin.
“Everton” muxlislari menga qo'ng'iroq qilib, Premer-Liganing to'xtatilishi juda yaxshi fikr ekanligini aytishdi, chunki ular “Liverpul” chempion bo'lishini xohlamaydi.
“Everton” hamda MYUdagi o'tmishimga qaramay, “Liverpul”ni birinchi o'ringa loyiq deb hisoblayman. “Liverpul” fantastik mavsumni o'tkazdi va ular titulga loyiqdir. Ular ulkan ishni amalga oshirdi va ko'p kuch sarflashdi. O'ylashimcha, bu mavsumni oxirigacha o'tkazish shart, hattoki, keyingi mavsumda voz kechib bo'lsa ham”, deydi Runi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar