Runi: "Pogba MYU etakchisiga aylanishi kerak"
25 avg 2018 16:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/450323_original.jpg)
![](/upload/storage/450323_220.jpg)
Runi: "Pogba MYU etakchisiga aylanishi kerak"
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Ueyn Runining fikricha, "qizil iblislar" yarim himoyachisi Pol Pogba klubni APL chempioniga aylantirishi mumkin.
"Pol - fantastik futbolchi. U "Manchester Yunayted" etakchisiga aylanib, jamoani APLda chempion qilishi kerak. Ko'pchilikning fikricha, Mourino Poldan maksimum foyda chiqarishi kerak, ammo Pogba buni o'zi uchun qilishi kerak. U "Manchester Yunayted" bilan sovrin yuta olishiga ishonaman.
To'g'ri, uning atrofida mish-mishlar ko'p. Pol doimo omma ko'z o'ngida, ammo u bu bosimni enga oladi, chunki Pogba eng yaxshi futbolchilardan biri" - deydi Runi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar