Runi: "Park Ji-Sun "Yunayted"ga Ronaldu kabi kerak edi"
17 may 2020 15:24
Yangiliklar


Runi: "Park Ji-Sun "Yunayted"ga Ronaldu kabi kerak edi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi janubiy koreyalik Park Ji Sunning jamoaga bo'lgan foydasi haqida gapirdi.
"Agarda 12 yoshli muxlisdan "Manchester Yunayted"dagi Ronaldu haqida savol bersangiz: "U dahshat o'ynagan", deydi. Park Ji Sun haqida so'rasangiz, uni tanimasligini aytadi.
Park bilan o'ynaganlar yaxshi biladi, u jamoaga Ronaldu kabi kerak bo'lgan. U kollektivdagi juda katta bosimni o'z bo'yniga olardi. Futbolning yuqori darajasida bo'la turib, yulduzligini tan olmaydigan futbolchilar doimo kerak.
G'alabani tushunish hissi doimo kerak. Faqatgina jamoaviy o'yin emas, mentalitet ham sovrinlarni qo'lga kiritishda muhim o'rin tutadi. Sen jamoadamisan, demak, murabbiyning ko'rsatmalarini bajarishing kerak. Bir futbolchi esa butun bir o'yinni buzib qo'yishi mumkin", - dedi Runi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar