Runi: "Nega "Everton"ni tark etdim? Klubdagilar javob berishsin"

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2018, 12:55
"Di Si Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi nega "Everton"dan kyetib, AQSH klubiga o'tgani haqidagi savolga javob berdi.

Oldinroq 32 yoshli Runi MLS klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan edi.

"Everton"ni tark etganim borasida savollaringiz ko'p va bu haqida "Everton"dan so'ragan maqulroq, ular javob berishsin. O'tgan yozda yana o'z klubimga qaytganimdan xursand bo'ldim, biroq AQSHga ketishga qaror qildim.

Bu yerda faoliyatimning so'nggi yillarini o'tkazishga emas, g'alabalar va kurashlar uchun keldim" - deydi Runi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror