Runi: "MYUdan 10-15 futbolchi ketishi kerak"
13 mar 2025 23:25
Yangiliklar
Runi: "MYUdan 10-15 futbolchi ketishi kerak"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ueyn Runining fikriga ko'ra, jamoadan 10-15 futbolchi ketishi kerak.
"MYUning hozirgi tarkibi yo'qolib qolgandek, bo'm-bo'shdek taassurot o'yg'otadi.
Garchi Brunu ko'p asabiylashsa-da, natija keltirishda davom etmoqda. Tarkibda jiddiy o'zgarishlar qilish kerak. 10-15 nafar futbolchi jamoadan ketishi kerak deb o'ylayman. Tabiiyki, bunday bo'lmaydi. Hozirgi tarkibdan hech kim masuliyatni bo'yniga olishni istamayapti. Faqatgina Brunu va Maynuni tarkibda olib qolgan bo'lardim.
Klubning hozirgi madaniyatida mag'lubiyatni juda engil qabul qilishmoqda. Futbolchilar o'yindan keyin shunchaki: "Endi keyingi bahsni o'ylashimiz kerak", deyishyapti. Xarakter ko'rsating va maydonda kurashing. Ularning o'yinlarini ko'rish juda og'ir va og'riqli", - dedi Runi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar