Runi mashg'ulotlarda yosh futbolchiga jarohat etkazib, uni uch oyga safdan chiqardi
27 iyu 2021 22:53
Yangiliklar
Runi mashg'ulotlarda yosh futbolchiga jarohat etkazib, uni uch oyga safdan chiqardi
Ueyn Runi ko'ngilsiz voqeaga sababchi bo'lib qoldi.
"Derbi Kaunti" klubi bosh murabbiyi Ueyn Runi mashg'ulotlar paytida 20 yoshli yarim himoyachi Jeyson Naytga og'ir jarohat etkazib qo'ydi. Runi futbolchilar etishmayotganligi sabab mashg'ulotlarda qatnashayotgandi. Runi tomonidan tashlangan noto'g'ri "podkat" natijasida "Derbi"ning eng umidli futbolchilaridan biri uch oyga safdan chiqdi.
"Derbi Kaunti"ning ushbu mashg'ulotlarda to'qqiztagina futbolchi ishtirok etayotgandi. Boshqa futbolchilar esa klubni tark etishga ulgurishgan. Klub transferlar chekloviga uchraganini eslatib o'tish lozim. Ular faqat maoshi chegaralangan erkin agentlarni ro'yxatdan o'tkaza olish yoki futbolchilarni yarim mavsumga ijaraga olish imkoniyatiga egalar.
Fikrlar