Ruminiyada asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchini o'yinning 24-soniyasida almashtirishdi. Nega?
11 mar 2020 13:34
Yangiliklar
Ruminiyada asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchini o'yinning 24-soniyasida almashtirishdi. Nega?
Dushanba kuni "Kluj"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Razvan Fika Ruminiya chempionatida asosiy jamoa safida debyut qildi.
Yigitchaning birinchi o'yini juda qisqa bo'ldi: Fika maydonda o'tkazgan 23 soniyasidan so'ng almashtirildi. Dan Petresku yosh futbolchi o'rniga Aleksandr Puenani maydonga tushirdi.

Nega? Nahotki Razvan yarim daqiqa ichida almashtiriladigan darajada omadsizlikka uchragan bo'lsa? Yo'q, hammasi oddiyroq. Ruminiyada quyidagicha qoida bor: Har bir jamoaning asosiy tarkibida 21 yoshgacha bo'lgan ikki futbolchi joy olishi kerak. Ularning biri bahsni oxirigacha o'ynashi lozim, ikkinchisini esa "katta futbolchi"ga almashtirish mumkin.
Birinchi bo'limdagi bunday o'zgarishlar - Ruminiya chempionatida juda mashhur. "Astra" hamda "Kluj" o'rtasidagi avgustda o'tkazilgan bahsda (3:2) ikkala murabbiy birinchi bo'limdayoq yoshlarni almashtirishgan.
Ammo 23-soniyadagi o'zgarish - qoidalarga qarshi kurashuvchilar o'rtasida rekord.

Ketelin Itu (to'q qizil libosda)
Umuman olganda, "Kluj"da o'yinni asosiy tarkibda boshlab, birinchi bo'limda almashtiriladigan futbolchi rolini Ketelin Itu bajaradi. Ammo 20 yoshli futbolchi "Gaz Metan" bilanni o'tkazib yuborgani uchun Fika bu ishni bajardi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar