Ruminiya klubi Balotellini sotib olishga harakat qiladi
13 may 2023 19:30
Yangiliklar
Buxarestning "Rapid" klubi yozda erkin agentga aylanadigan "Son" hujumchisi Mario Balotellini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Klub allaqachon italiyalik bilan muzokaralar olib borgan va u bitta shart qo'ygan. GSP malumotlariga ko'ra, Balotelli bir mavsum uchun 1 million evro maosh so'ragan.
32 yoshli hujumchi o'tgan yozda Turkiyaning "Adana Demirspor" jamoasidan "Son" klubiga ko'chib o'tgandi. Balotelli joriy mavsum SHveycariya chempionatida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta sariq kartochka oldi.
Agar Balotelli "Rapid"ga o'tsa, bu uning faoliyatidagi 12-klub bo'ladi. Hujumchi bunga qadar "Lumeccane", "Inter", "Manchester Siti", "Milan", "Liverpul", "Nicca", "Marsel", "Breshiya", "Monca", "Adana Demirspor" va "Son"da o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar