Rufat Akramxo'jaev: "Nasaf" bilan o'yinda futbolchilarimizning darajasi qandayligi bilindi"
15 apr 2021 21:39
Yangiliklar


Rufat Akramxo'jaev: "Nasaf" bilan o'yinda futbolchilarimizning darajasi qandayligi bilindi"
"Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ushbu uchrashuv futbolchilarimizning darajasini ko'rsatib qo'ydi. Taktik va jismoniy tomondan qay darajada tayyorligi bilindi. Birinchi bo'limda hammasi ko'ngildagidek bo'ldi. Ikkinchi bo'lim boshidagi ikkita gol hammasini o'zgartirib yubordi. Bu ruhiy tomondan ham yigitlarga tasir qildi.
So'nggi uchrashuvlarda o'yinimiz qovushmayotganiga sabab sifatida biror narsani ko'rsata olmayman. Qaysidir joyda bizdan omad yuz o'girmoqda. Yana nimadir etishmayapti. O'tkazib yuborgan gollarimiz futbolchilarga ruhiy tomondan zarba bo'ldi. "Nasaf" jamoasi qanotlarda yaxshi hujumlar tashkil qilishini bilar edik. Goldan so'ng o'yin suratini o'zgartirib hisobni tenglashtirish uchun harakat qildik. Afsuski bunga erisha olmadik.
Bu yildan yoshlarga etibor qaratishni boshladik. Jamoamizda 3-4 nafar tajribali ijrochi bor. Ularning yordamiga tayanamiz",- deydi Rufat Akramxo'jaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar