Rudi Garsiya: “Roma” endi ochko yo'qotmasligi kerak”
14 jan 2014 14:44
Yangiliklar


Rudi Garsiya: “Roma” endi ochko yo'qotmasligi kerak”
“Roma” klubi bosh murabbiyi Rudi Garsiya Cyurixda bo'lib o'tgan FIFA tadbirida, rimliklar ushbu mavsumda skudetto uchun kurash olib bora olishlarini takidladi.
- Bu tadbirda ishtirok etish men uchun sharaf. CHunki bu erda futbol dunyosining buyuk insonlari yig'ilgan. To'g'risini aytsam “Roma”ning har bir o'yinchisiga “Oltin to'p” bergan bo'lardim. CHempionlik uchun kurash haqida gapiradigan bo'lsak, hali hech narsa tugagani yo'q. Bunday buyon ochko yo'qotmasligimiz kerak, - Rudi Garsiyaning so'zlarini keltiradi goal.com.

Fikrlar