Rud van Nistelroy shu haftaning o'zida APL klubida ish boshlaydi!
28 noy 2024 02:14
Yangiliklar
Rud van Nistelroy shu haftaning o'zida APL klubida ish boshlaydi!
MYUni qisqa muddat ichida muvaffaqiyatli boshqargan murabbiy o'ziga ish topdi.
Rud van Nistelroy tez orada "Lester" klubi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda Telegraph nashri xabar berdi. Tomonlar barcha shartlarni kelishib olishgan.
Nistelroy shu hafta "Lester" rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazgan. Murabbiy shanba kuni o'tkaziladigan "Brentford"ga qarshi o'yinga qadar tanishtirilishi mumkin.
Malumot uchun, Rud van Nistelroy "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag shtabi tarkibida ishlagandi. Ten Xag istefoga chiqarilgach, Rud bir necha uchrashuvlarda MYUni boshqardi va yaxshi natija ko'rsatdi. Manchester klubiga Ruben Amorim kelganidan so'ng Rud van Nistelroy jamoani tark etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar